«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari «Axborot texnologiyalari, xavfsizlik va aloqa» — ITS – 2016 Qozog‘izton 2-xalqaro ko‘rgazmasida
12.04.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

uztel_12_04_2016

2016-yil 13-15 aprel kunlari «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi ishlab chiqarish korxonalari «Telecom Innovations» QK va «Olive Telecom» QK «Axborot texnologiyalari, xavfsizlik va aloqa» — ITS – 2016  Qozog‘izton 2-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

uztel_12_04_2016_1

«ITS» ko‘rgazmasi – Markaziy Osiyoning telekommunikatsiya bozori, aloqa xizmatlari, korporativ tarmoqlar uchun xavfsizlik vositalari, dasturiy ta’minot va qurilmalar, apparat vositalari va axborot texnologiyalari rivoji odimlarini namoyish etuvchi tarmoq tadbiri bo‘lib hisoblanadi. Infokommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar, shuningdek, xavfsizlik sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. «ITS» ko‘rgazmasi ishtirokchilarga Markaziy-Osiyo bozoriga chiqish, yangi hamkorlar va buyurtmachilar topish, shuningdek, mavjud mijozlar  bazasini qo‘llab-quvvatlash, kompaniya imijini shakllantirish va albatta, yangi mahsulot va texnologiyalarning taqdimotini o‘tkazish imkonini beradi.

Eksport salohiyatini oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni o‘rnatish imkonini beruvchi ITS – 2016 ko‘rgazmasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan ikki qo‘shma korxona mahsulotlari taqdim etiladi.

«O‘zbektelekom» — AK butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 va GSM standartida mobil va statsionar aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to‘rtta — UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOM TV™ savdo belgilari ostida taqdim etiladi.

uztel_12_04_2016_2

«Telecom Innovations» QK — Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK abonentlari hamda ATSlari uchun ADSL-modemlar va DLSLAM-uskunalar,  «set-top-box» raqamli televideniya priyomniklari va boshqa operatorlik va abonentlik qurilmalarini ishlab chiqaradi.

Telecom Innovations qo‘shma korxonasi

uztel_12_04_2016_3

Telecom Innovations QK «Navoiy» EIIZ hududida joylashgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK abonentlari hamda ATSlari uchun ADSL-modemlari va DLSLAM-uskunalari ishlab chiqaradi.

2010-yilda  raqamli televideniyaga o‘tish choralari bo‘yicha raqamli tyunerlar bilan ta’minlash sohasidagi mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish  maqsadida «O‘zbektelekom» AK (O‘zbekiston) va Servetechno PTE Ltd (Singapur) kompaniyalari tomonidan «Navoiy» EIIZ hududida raqamli priyomniklar yig‘ish bo‘yicha Telmax Elektroniks qo‘shma korxonasini yaratishga qaror qabul qilindi.

2010-yil 23-fevralda, uchta kompaniya ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Telecom Innovations qo‘shma korxonasi  ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Loyihani amalga oshirish madsadida, O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Karmana tumanida zavod qurilishi uchun «Navoiy» EIIZ hududidan yer uchastkasi ajratildi. Korxonaning umumiy hududi 0,8 ga., ishlab chiqarish maydoni 0,28 ga.dan iborat.

Loyiha bahosi 6,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK va Telmax Elektroniks vositalari, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi krediti O‘zbekiston ta’sischilari tomonidan moliyaviy manba bo‘lib hisoblandi.

uztel_12_04_2016_4

Yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 mingdan ortiq raqamli priyomniklar ishlab chiqarishdan iborat. Ishlab chiqarish korxonasi «Navoiy» EIIZda tashkil etilgan, bu yerda joylashgan korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar evaziga mahsulot narxi chet eldagi muqobil mahsulotlarga nisbatan past.

Bugungi kunda kompaniya o‘z nomiga munosib ravishda, har bir iste’molchi uchun elektron telekommunikatsiya texnikasi sohasida eng so‘nggi yutuqlarni taqdim etishga intiladi va buning isboti – ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasidir. Raqamli televideniya (Set –Top- Box) priyomniklari uchta turi, eng oddiydan boshlab TI-FT-6144-IR-SD klassi  – Hi-End modeligacha, raqamli televideniyaning Irdeto 2 kodirovkali, ochiq kanallarini ham, yopiq kanallarini ham ADSL2+standartidagi ADSL modemlarini qo‘llab-quvvatlovchi, DSLAM—multipleksorlarini taqdim etadi. Telecom Innovations QK mahsulotlari «O‘zbektelekom» AK abonentlari va kompaniyalari telekommunikatsiya tarmoqlarida keng foydalaniladi, shuningdek, Set–Top-Box priyomniklari UZDIGITAL TV kompaniyasi abonentlariga faol taqdim etiladi.

«Olive Telecom» QK –  «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali  abonentlari uchun CDMA 450 standartidagi mobil telefonlarini, shuningdek, televizion pristavkalar, IPTV hamda planshetlar uchun raqamli telesignallarni qabul qiluvchi moslamalarni ishlab chiqaradi.

uztel_12_04_2016_5

«Olive Telecom» O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasi 

«Olive Telecom» QK telekommunikatsiya uskunalari, jumladan, mobil va statsionar terminallar, shuningdek, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

«Olive Telecom» MCHJ QK ta’sischilari «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi va «Olive Telecommunication Pvt. Ltd.» kompaniyasi (Hindiston) bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish «Navoiy» EIIZda tashkil etilgan.

Mobil aloqa operatorlari bozorida «Olive Telecommunication Pvt. Ltd.» kompaniyasi 25ta kompaniya bilan hamkorlik qiladi, ular orasida Tataindicom, Airtel, Flexi, Smart, Indosat, SkyLink va boshqalar ham bor.

Mahsulotlar ishlab chiqarilishiga jahon yetakchi-kompaniyalaridan Haier, Foxconn, Flextronics ishlab chiqarish quvvatlari amalga kiritilgan. Bundan tashqari, Qualcomm strategik hamkor bo‘lib hisoblanadi.

uztel_12_04_2016_6

Hozirgi vaqtda OLIVE TELECOM savdo belgisi ostida quyidagi mahsulot turlari ishlab chiqariladi:

  • CDMA-tarmog‘i uchun mobil va statsionar telefonlari;
  • planshet kompyuterlari;
  • USB-modemlar.

Korxona ko‘rgazmada quyidagi uskunalar: CDMA 450 standartidagi telefonlar (2000 1x), CDMA 450 standartidagi statsionar telefonlari, OlivePadV-T300 planshet kompyuterlari va CDMA 1X EVDO “V-ME200” USB 3G modemlarini taqdim etadi.

Ko‘rgazmada «O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalarining ishtirok etishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuqoritexnologik mahsulotlarni tashqi bozorda ilgari surishni amalga oshirish hamda «O‘zbektelekom» AKning salohiyatli mijozlar va mahsulot hamda xizmatlarni yetkazib beruvchilar  bilan uzoq muddatli xalqaro aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.

uztel_12_04_2016_7

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq