Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Vinod Kumar va Hindiston elchixonasi birinchi kotibi janob Shri D.K.Sharma TATUga tashrifi
12.04.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_12_04_2016

8 aprel kuni Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Vinod Kumar va Hindiston elchixonasi birinchi kotibi janob Shri D.K.Sharma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi J.Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori U.R.Xamdamov, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.M.Bobomuradov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Radjiev, O‘zbek-Hind AT markazi direktori o‘rinbosari D.Zakirov hamda O‘zbek-Hind AT markazi o‘qituvchilari koordinatori Sh.Maxmudovlar kutib olishdi.

tuit_12_04_2016_1

tuit_12_04_2016_2

Mehmonlar markaz faoliyati va kelgusi rejalari haqida tanishdi. Universitet rektori U.Xamdamov bugungi kunda universitet hayotida J.Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi faoliyatining roli hamda kelgusida mazkur markaz faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Hindistondagi hamkor tashkilot CDAC — «Ilg‘or axborot texnologiyalari o‘quv markazi” bilan hamkorlikni davom ettirish, jumladan, malakali o‘qituvchilarni taklif qilish, universitet o‘qituvchilarining malakasini oshirish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

tuit_12_04_2016_3

tuit_12_04_2016_4

O‘z navbatida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi janob Vinod Kumar tomonidan mazkur masalalar yuzasidan Hindistonning CDAC — «Ilg‘or axborot texnologiyalari o‘quv markazi”ga ushbu takliflarni yetkazishi, markaz faoliyatida bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlardan juda xursandligi xaqida gapirib o‘tdi, shuningdek, markaz o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan kelgusida rejalashtirilgan faoliyat yuzasidan bir nechta savollar berib o‘tdi.

tuit_12_04_2016_5

tuit_12_04_2016_6

Tashrif oxirida 2015 yil oktyabr – 2016 yil mart oylarida «Web programming”, «Java”, «Data communication & Networking” o‘quv kurslarini tamomlagan 40 nafar talabalarga J.Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazining sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq