Vazirlikka «LG CNS» kompaniyasi prezidenti boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi
09.04.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

lg_9_04_2016

Joriy yilning 7 aprel kuni Janubiy Koreyaning «LG CNS» kompaniyasining yangi saylangan prezidenti Kim Yon Sob boshchiligidagi delegatsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-sentabr PQ-2237 sonli «Axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish sohasiga chet el investitsiyasini jalb qilish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Koreya Respublikasining «LG CNS» kompaniyasining katta tajribasi va keng imkoniyatlarini hisobga olib, «LG CNS Uzbekistan» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etilgan edi.

Qo‘shma korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, apparatli-dasturiy komplekslarni o‘rnatish va joriy etish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi va iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun loyiha va texnik hujjatlarni shakllantirish bo‘lib hisoblanadi.

Uchrashuv mobaynida tomonlar «LG CNS Uzbekistan» qo’shma korxonasi tomonidan ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rivoji xususida fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Xususan, xalqaro andaza talablariga javob beradigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb etish va mahalliy kadrlar salohiyatini oshirib borish, xorijiy bozorga chiqish bilan bog’liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

«LG CNS» Kompaniyasiga 1987-yilda «LG» korporatsiyasi tomonidan asos solingan. Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatish sohasida eng yirik kompaniyasi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniya butun jahonda 10 dan ortiq mintaqaviy ofislariga ega hamda unda faoliyat yurituvchi xodimlarining soni 10 mingdan ortiq. «LG CNS» kompaniyasi axborot texnologiyalari, konsalting, tizimli va tarmoq integratsiyasi, biznes-jarayonlari va axborot texnologiyalari autsorsingi sohasida ixtisoslashgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq