“E-Maktab” – qulay, sodda va tezkor axborot tizimi
06.04.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida Xalq ta’limi vazirligining shu yil 23-fevraldagi “Xalq ta’limi vazirligi tizimiga yangi axborot tizimlarini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish maqsadida “Maktabdan tashqari ta’lim” yangi axborot tizimi yaratildi. Amaliyotga joriy etilgan mazkur tizim “E-MAKTAB” yagona axborot ta’lim makoni bazasi (www.e-maktab.uz)ga joylashtirildi. Dasturga ma’lumotlarni kiritish jarayoni davom etmoqda. Ushbu tizim orqali barcha maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni jamlash va tegishli joyga uzatish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

“E-Maktab” bazasidan foydalanish juda qulay. Buning uchun kompyuter texnikasini mukammal bilish shart emas. Tizimga ma’lumotlarning to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilib borilishi musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlarining o‘z mas’ulligini qanchalik his etishiga bog‘liq.

Foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin:
— ma’lumotni qisqa muddatda olish;
— 50dan ortiq parametr bo‘yicha ma’lumot qidirish;
—axborot joylashishini dinamik ravishda dasturlarga eksport qilish;
— ma’lumotlarni arxiv(Excel)ga o‘tkazish yoki savat(korzina)ga tashlash;
— statistikadan boxabar bo‘lish.

Ma’lumotlar bazasi SQL — Server 2008da saqlanadi. Foydalanilayotgan kompyuter rusumi «Pentium–III»dan quyi bo’lmasligi kerak. Parol va loginlar vazirlik tomonidan hududiy bo’limlarga tarqatiladi. O‘z navbatida, hududiy bo‘limlardan tuman (shahar) XTMFMTTE bo‘limlariga berilib, so‘ngra tuman (shahar) XTMFMTTE bo‘limlari orqali maktablarga yuboriladi. Tizimga http://e-maktab.uz domeni orqali kiriladi.

maktab_6_04_2016

Tizimga kirish qismi

Misol uchun, e-maktab.uzga kirib, yo‘nalishlardan biri (masalan, “Barkamol avlod” bolalar markazi)ni tanlaysiz. Sahifaga login va parolingizni kiritasiz. Tizimning asosiy menyusi — “Maktab yoki markaz”, “Xodimlar”, “O‘quvchilar”, “Foydalanuvchilar”, “Arxiv”, “Savat”, “Qidiruv”, “Statistika” va “BMSM hisoboti” bo‘limlaridan tashkil topgan.

Tizimga kirgandan so‘ng «Xodimlar» sahifasida jadval ochiladi. Unda “+Qo‘shish” tugmasini bosishingiz bilan qo‘shimcha ma’lumotlar jadvali ko‘rinish beradi. Shundan so‘ng kerakli bandlar to‘ldirilib, “Saqlash” tugmasini bosish kerak. Tugma bosilganidan so’ng keyingi sahifaga o‘tish mumkin. Bu sahifada “O‘zgartirish” tugmasi ham mavjud. Agar xodimning ma’lumotini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, undan foydalanish maqsadga muvofiq.

maktab_6_04_2016_1

Ro‘yxatdan o‘tish

Foydalanuvchi tizim imkoniyatlarini ketma-ketlikda o‘rganib boradi. Texnik yordam yoki tizimning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi (+99871 202-13-93)ga murojaat qilishingiz mumkin.

maktab_6_04_2016_2

maktab_6_04_2016_3

Tizimning umumiy ko‘rinishi

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini aniq tizimga solish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish maqsadida ishlab chiqilgan bu dastur ortiqcha vaqt talab qilmasligi, tezkorligi hamda qog‘ozbozlikka chek qo‘yishi bilan har tomonlama qulaylik tug‘diradi.

Kozimbek G‘AFUROV,
Multimedia umumta’lim dasturlarini
rivojlantirish markazi direktori

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq