UZMOBILE O‘zbekiston mobil aloqa Milliy operatori rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida
05.04.2016
Rukn: Mobil aloqa, Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

mobile_5_04_2016

2016-yil 5-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston mobil aloqa Milliy operatorining rivojlanishi bo‘yicha amalga oshrilgan ishlarni yoritishga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi. Unda «O‘zbektelekom» AK va ommaviy axborot vositalari vakillari iashtirok etdilar.

mobile_5_04_2016_1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa Milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan Milliy mobil aloqa  operatori «O‘zbektelekom» AK ixtisoslashgan filiali bo‘lib, CDMA standarti bo‘yicha ham, GSM standarti bo‘yicha ham sifatli mobil aloqani ishonchli yetkazib beruvchi sifatida oldinga qo‘yilgan vazifalar doirasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

UZMOBILE 2015-yil 15-aprelda paytaxtimiz Toshkent shahri tumanlarida GSM tarmog‘ini ishga tushirdi. Qisqa muddat mobaynida Toshkent shahri va Toshkent viloyati UZMOBILE GSM tarmog‘i abonentlariga xizmat ko‘rsatishning turli tarif rejalari, qulay internet-paketlari hamda ko‘p sonli sotuvlar ofislarida va ulanish bo‘yicha dilerlik punktlarida sifatli xizmatlar taqdim etildi.

Kompaniya texnik mutaxassislari tomonidan abonentlar ehtiyoji uchun yuzlab yangi baza stansiyalaridan tashkil topgan sifatli GSM tarmog‘i qurildi va moslashtirildi. Hozirgi davrda ham tarmoq rivojlanishi muntazam ravishda va rejaga asosan olib borilmoqda. Bugungi kunda UZMOBILE GSM abonentlari uchun qulay tarif rejalari, shuningdek, GSM 2G/3G/ HSPA+ hamda 4G LTE texnologiyalaridan foydalanib, sifatli xizmatlar taqdim etilmoqda.

Xizmatlar sifatini oshirish maqsadida UZMOBILE suhbat nutqini juda sifatli uzatish HD Voice texnologiyasini foydalanishga kiritdi. HD Voice texnologiyasidan foydalanib, suhbatlashishda suhbatdosh go‘yo yoningizda turgandek taassurot uyg‘onadi. Ovozni uzatish zamonaviy algoritmlari evaziga telefon orqali suhbat jonli emosional muloqotning yoqimli xususiyatiga ega bo‘ladi.

UZMOBILE 2015-yil iyun oyida GSM standarti xalqaro mobil aloqasi operatorlari tashkiloti – GSM Assosiasiyasining to‘lahuquqli a’zosiga aylandi.

UZMOBILE GSM Prosessing markazi terminallarni birlashtirish sifatini oshirish bo‘yicha masalalarni hal etish uchun YATT Uzcard bilan hamkorlikda Uzcard tizimiga ulanish obyektlari uchun optimal yechim bo‘lishi mumkin bo‘lgan «UZCARD GSM» maxsus tarif rejasi ishga tushirilishini e’lon qildi.

mobile_5_04_2016_2

2015-yil iyun oyida UZMOBILE Milliy mobil aloqa operatori «O‘zbekenergo» ASKUE tizimiga ulangan M2M sektori obyektlari uchun optimal yechimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan maxsus «M2M» tarif rejasi ishga tushishini e’lon qildi. Mazkur yechim avtomatlashtirilgan monitoring tizimi doirasida energiya resurslari sarfi haqida himoyalangan ma’lumotlar uzatishni ko‘zda tutadi.

2015-yil sentabr oyida abonentlarga taqdim etilayotgan xizmatlarni takomillashtirish va sifatini oshirish uchun keng imkoniyat ochuvchi UZMOBILE yangi Prepaid billing tizimi ishga tushirilganligi haqida e’lon qilindi.

Sotuvlar punktlari Savdo vakillari soni faol o‘smoqda va bugungi kunda faqat Toshkent shahrida kompaniya 20ta xizmat ko‘rsatish va sotuvlar ofislari va butun mamlakat bo‘ylab 110ta Savdo vakillarining sotuvlar punktlari amal qilmoqda.

Qisqa muddat mobaynida yuzlab abonentlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati UZMOBILE GSM tarmog‘iga ulandilar. O‘tgan yil samarali marketing faolligidan biri «Yengil «Start» aksiyasi bo‘ldi. 2015-yil 31-dekabrgacha «Start» tarif rejasida GSM tarmog‘iga ulangan abonentlar bir oy mobaynida sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi Internetdan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Tarif rejasiga ulanish kompaniya Sotuvlar punkti vakillari va xizmat ko‘rsatish ofislarida bepul amalga oshiriladi.

UZMOBILE Milliy mobil aloqa operatori 2015-yil “Keksalarni e’zozlash davlat dasturi”ga muvofiq keksalarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash doirasida nafaqa yoshidagi keksalar uchun ishlab chiqilgan «E’zoz» va «Nuroniy» ixtisoslashgan tarif rejalari ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevral «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qaroriga muvofiq 2015-yil 1-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi viloyat markazlarida UZMOBILE GSM tarmog‘i ishga tushirildi. Shu bilan birga, respublikaning barcha mintaqalarida jahon ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy eng yangi uskunalari o‘rnatilgan GSM tarmog‘ini muntazam ravishda, bosqichli ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi.

2015-yil oxirida UZMOBILE GSM butun mamlakatning barcha viloyatlarini qamrab oldi.

«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini foydalanishga topshirish va kelgusi rivojlanish ishlari davom ettirilmoqda. Hozirgi vaqtda mamkatimizning barcha mintaqalarida GSM standarti bo‘yicha UZMOBILE tarmog‘i qurilishi faol davom ettirilmoqda.

2016-yil rejalari

UZMOBILE mavjud va salohiyatli abonentlar talablarini to‘liq qamrab olish maqsadida jadal o‘sish hamda rivojlanish bo‘yicha ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan, xususan:

  • O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yuzlab sonli dilerlik xizmat ko‘rsatish punktlarini ochish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qulay va arzon sharoitlar shakllantiriladi.
  • Mobil aloqa xizmatlarini kengaytirish uchun 30dan ortiq mahsulotlarni amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan
  • 2016-yil doirasida o‘ziga O‘zbekiston mobil aloqa  bozorida innovatsiyalarni jalb etuvchi va ilg‘or tendensiyalarni joriy etib, O‘zbekiston bozorida o‘xshashi yo‘q korporativ segment uchun mavjud qator taklif va mahsulotlarni amalga oshirish.
  • Ekotizim va maqsadi har bir fuqaro va davlat infrastrukturasi o‘zaro munosabatida interaktivlik va oshkoralik bo‘lgan E-Gov loyihasining faol rivojlanishi uchun mobil aloqa Milliy operatori xizmatlarini joriy etish uchun qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
  • IT va telekommunikasiya sohasidagi talabalar hamjamiyatlari, yosh mutaxassislar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faol muhitiga jalb etishga javob beruvchi yo‘nalishlar ish boshlagan va rivojlanishda davom etmoqda.

«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filialining asosiy maqsadi har ikki standart: CDMA-450 EV-DO va GSM 2G/3G hamda 4G LTE afzalliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etuvchi O‘zbekiston mobil aloqa Milliy operatoriga aylanishdan iborat.

Matbuot-anjumani yakunida jurnalistlar mobil aloqa Milliy operatori faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq