«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida qatnashishdi
04.04.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

egov_4_04_2016

Joriy yilning 31-mart va 1-aprel kunlari mobaynida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU)da ananaviy “Karyera kunlari” bo‘lib o‘tdi. Tadbir TXVU Karyera Markazi tomonidan tashkillashtirilib, unda 80 ga yaqin kompaniya xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet talabalari va bitiruvchilariga ish tanlashda, tashkilotlarga esa istiqbolli yosh kadrlarni topishda ko‘mak berishdir. Ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib unga 1000dan ortiq talaba-yoshlar istiqbolli ish topish va amaliyot o‘tash uchun joy izlab tashrif buyurishadi.

Bu yilgi Karyera kunida Moliya, Iqtisod vazirliklari va boshqa davlat idoralari, 80 dan ortiq Nestle, UMS, Ernst&Young, Sarkor telecom, O‘zbekiston Havo Yo‘llari kabi mahalliy va horijiy kompaniya va tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi, undan tashqari 500 dan ziyod universitet talaba va bitiruvchilari ham o‘z rezyumelarini tayyorlagan holda ushbu tadbirda qatnashdilar.

egov_4_04_2016_1

Karyera kunlari Universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozorini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shishga yo‘naltirilgan. Ta’kidlab o‘tish lozimki, Karyea kunlari davomida talabalar va bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot qilishlari, biznes olami vakillari bilan suhbat yuritishlari mumkin. Suhbat jarayonida talabalar va bitiruvchilar mehnat bozoridagi zamonaviy tendensiyalar, taqdimot qilish ko‘nikmalari, ish uchun muvaffaqiyatli intervyu o‘tish sirlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tadbir talabalar uchun orzu qilgan ishlarini topishda katta imkoniyat yaratadi, chunki unda iqtisod, moliya, IT, bank sohasi, telekommunikatsiyalar, marketing, audit va boshqa sohalardagi mutaxassislar ish bo‘yicha muhim maslahatlar berishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq