LUKOIL kompaniyasi IUT talabalariga grantlar taqdim etadi
03.04.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

iut_1_04_2016

«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalariga grantlar ajratishga tayyor. Bu haqda kompaniya vakili IUTga tashrif davomida ta’kidladi.

«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJning xodimlar bilan va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Sergey Starostinskiy 29-mart kuni IUTga tashrif buyurdi va universitet rektori Sherzod Shermatov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida «LUKOYL» vakili IUT o‘quv dasturi va talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda tayyorlov va korporativ kurslar bilan tanishdi.

O‘z o‘rnida Sergey Starostinskiy «LUKOYL»ning O‘zbekistondagi loyiha va rejalari, jumladan, Qandim gazni qayta ishlash kompleksi uchun xodimlar tayyorlash haqida so‘zlab berdi. Qayd etish joizki, mazkur loyiha «LUKOYL»ning O‘zbekistondagi va dunyodagi eng yirik loyihalaridan biridir.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, talabalarning «LUKOYL» kompaniyasida amaliyot o‘tashlari va kompaniya mutaxassislari tomonidan talabalar uchun ma’ruza o‘qish masalalari ko‘rildi.

Sergey Starostinskiyning ta’kidlashicha, «LUKOYL» kompaniyasi AKT sohasida mutaxassislar tayyorlash muhimligi va IUTning mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yuqori standartlarini hisobga olib, IUT talabalarini qo‘llab-quvvatlash dasturini ochishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv so‘nggida Sergey Starostinskiy universitet tashriflar kitobiga o‘zining samimiy tilak va istaklarini yozib qoldirdi.

IUT «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ rahbariyatiga O‘zbekiston iqtisodiyotiga yetuk mutaxassislarni yetkazib berish uchun qo‘shayotgan hissasi va ko‘magi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va boshqa kompaniya va tashkilotlarni ta’limga sarmoya kiritishlariga chaqiradi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq