Апрель 2016 arxivlar

ZiyoNET portali tarkibida yangi sport sayti ishga tushdi

sport_30_04_2016

Uznet olamida sport saytlari juda ko‘p, ammo ularning ko‘pgina qismi futbolga bag‘ishlangan, boshqa sport turlari, musobaqalar va sport muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida kompleks jamlagan saytlar yo‘q hisobi. ZiyoNET Resurs Markazi xodimlari tomonidan sportsevar o‘quvchi yoshlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam yoritib boruvchi yangi sayt faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unda sportni rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan federatsiyalar, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zahiralari va boshqa sport tashkilotlari haqida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Muallif:

“Oliy ta’lim tizimida o‘qitishning xorijiy tajribalari” mavzusidagi amaliy seminar haqida

tuit_30_04_2016

26-27 aprel kunlari Samarqand tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda «Oliy ta’lim tizimida o‘qitishning xorijiy tajribalari” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro standartlarga mos yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini tuzishdaxorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv tizimidagi tajribalaridan foydalanish haqida fikr yuritildi.

Muallif:

Ochiqlikni ta’minlash va samarali huquqni qo‘llash amaliyotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

29 aprel kuni poytaxtimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Ochiqlikni ta’minlash: samarali huquqni qo‘llash amaliyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

Muallif:

Xalqaro MARC-21 formatida ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish modeli va algoritmi

marc_28_04_2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi «2011–2015 yillarda axborot kommunikasiya texnolo­giyalari asosida axborot-kutubxona va axborot resurs­lar bilan xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-I487 sonli Qarori asosida sohani rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqildi. Davlat dasturida belgilangan vazifalardan biri — bu axborot-resurs markazlarini integrallashgan axborot-kutubxona tarmoqlari va elektron kutubxonalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlashdan iborat. Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ko‘p tomlik nashrlarni kataloglashtirish alohida o‘ringa ega.

Muallif: Hilola Islomova

Yosh olimlarimiz safi kengaymoqda

Saida Beknazarova umumtalim maktabini bitirib, o‘qishni davom ettirish uchun biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlash haqidagi savol oldida ko‘p o‘ylab o‘tirmay, qalbidagi aloqa sohasiga bo‘lgan qiziqish turtkisi bilan aloqa sohasiga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejiga yo‘l olgandi. Mazkur kollejda aloqa sohasiga oid bilimlar olami uni yanada qiziqtira boshladi. Mana bugungi kunda uning qiziqishlari natijasi sifatida u aloqa sohasida fan doktori ilmiy darajasiga erishish uchun doktorlik ishini himoya qildi va texnika fanlari doktori ilmiy darajasi sohibiga aylandi.

Muallif:

Mualliflik dasturiy ta’minotlarining tahlili

mual_28_04_2016

Yurtimizda Istiqlol quyoshi nur socha boshlagan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib, uni tubdan qayta isloh qilishga oid muhim ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturda belgilangan vazifalarni bajarishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim o‘rin tutadi.

Muallif: Vohid Hamidov, Feruzaxon Otabayeva

Katta hajmli ma’lumotlar (big data) davri

big_28_04_2016

Yangi texnologiyalar, qurilmalar va aloqa vositalarining tezkor rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning keng miqyosda yoyilishi ta’sirida insoniyat tarafidan ishlab chiqilayotgan ma’lumotlar miqdori keskin tarzda oshib bormoqda. Insoniyat yaralgan vaqtdan 2003-yilgacha to‘plangan ma’lumotlar 5 milliard gigabayt miqdoriga teng deb hisoblanadi va bu ma’lumotlar diskka yozilgan holatda butun bir futbol maydonini egallashi mumkin bo‘ladi.

Muallif: Nargiza Sayfullayeva, Hilola Xoliyorova, Tursunoy Usmonova

“Grammofonlar va radioqabulqilgichlar” nomli yangi ekspozitsiya o‘z davri tarixidan “so‘zlaydi”

gram_28_04_2016

Har safar “Aloqa tarixi muzeyi”ga tashrif buyurganimizda yangi tashkil etilgan ekspozitsiyalar alohida e’tiborimizni tortadi. Yaqinda tashrifchilarga “Grammofonlar va radioqabulqilgichlar” nomli yangi ekspozitsiya taqdimoti o‘tkazilldi. Shu munosabat bilan navbatdagi sahifamizni aynan shu ekspozitsiya materiallari bilan tanishishga bag‘ishladik.

Muallif:

Soha korxonalari bilan hamkorlik yuzasidan navbatdagi davra suhbati

tuit_28_04_2016_4

23 aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Telekomunikatsion texnologiyalari» fakulteti «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi hamda «Marketing» bo‘limi boshchiligida «Biznesni rivojlantirish markazi» korxonasi mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida «O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlarni uzatish tizimlarining holati va rivojlanish istiqbollari» mavzusi yuzasidan fikr almashildi.

Muallif: