Tadbirkorlar uchun on-layn interaktiv xizmatlar
31.03.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Yulduz Azizova.

tad_31_03_2016

O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekiston Biznes Forumi” loyihasi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash dasturi” loyihasi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlar uchun on-layn interaktiv xizmatlar” qo‘llanmasini yaratdi. Ushbu qo‘llanmada tadbirkorlar «Internetning virtual imkonityalaridan biznesda qanday qilib, unumli foydalanish mumkin?» savoliga javob oladilar.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston jahon kompyuter maydonida o‘zini ko‘r-satishi kerak. Kompyuterlashtirishni, Internetni, umuman axborot texnologiyalarini nafaqat ishlab chiqarish va sanoatda, maktab va oliy ta’lim bilim yurtlarida, balki kundalik hayotimizda ham tatbiq etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yish lozimdir». 2012-yil 21-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli Qarori qabul qilinishi ushbu sohaga e’tibor va undagi islohotlarning ustuvor ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Ushbu qo‘llanma aynan shu vazifani tatbiq etishga yordam berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, u kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tez vaqt ichida Internet virtual imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini egal-lab olishga va undan kundalik biznes faoliyatida unumli foydalanish yo‘llarini o‘rganishiga hamda mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga yordam berishga mo‘ljallangan.

Ushbu qo‘llanma Internetning virtual imkoniyatlaridan foydalanishni ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan: tadbirkorlar uchun Internetning virtual imkoniyatlari, onlayn texnologiyalardan foydalanish tartiblari, ulardan biznesni rivojlantirishda foydalanish usullari, tez muloqot qilish texnologiyalari va foydali veb-sahifalar tavsifi va ulardan foydalanish tartiblari keltiriladi. Elektron hukumat imkoniyatlaridan unumli foydalanish, elektron hukumat imkoniyatlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida, davlat interaktiv xizmatlari ro‘yxati va tavsifi, ushbu xizmatga murojaat qilish tartibi, korxona ishini yuritish imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanish bo‘yicha hamda amaliy maslahatlar beriladi. Qo‘llanma foydalanuvchilarga tez vaqt ichida Internetning on-layn texnologiyalaridan, ish yuritishda unumli muloqot usullaridan, elektron hukumat, xususan, yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallab olishga, uning imkoniyatlaridan kundalik faoliyatda unumli foydalanish yo‘llarini o‘rganishiga yordam beradi.

Qo‘llanma kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning axborot malakasini oshirishga yordam beradi va ularga O‘zbekistonda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishiga yordam beradi. Hamda tadbirkorlar uchun respublika yagona axborot tizimidan foydalanish va xalqaro tizimga bog‘lanish imkoniyati yaratiladi. Qo‘llanma muallifi dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi, AKTga oid 60dan ko‘p kitoblar va darsliklar muallifi S. I. Rahmonqulova. Taqrizchilar: A. E. Shayxov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasi Raisi, Bahodir Hoshimov, Menejerlar Assosiyatsiyasi Raisi. Qo‘llanma 176 betdan iborat va rasmlar yordamida izohlangan. infoCOM.UZ nashriyotida nashr etildi. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning tarkibiy bo‘linmalari orqali bepul tarqatiladi. Qo‘llanmaning elektron nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining www.chamber.uz, «O‘zbekiston Biznes Forumi» loyihasining www.businessinfo.uz hamda «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi» loyihasining http://mtpeu.uz internet saytlarida joylashtirilgan. Ushbu qo‘llanma Sizga tadbirkorlikda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishingizda yordam berishiga ishonamiz.

Qo‘llanma bo‘yicha savol va takliflar uchun manzil:
O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi,
tel.: 150-60-00, faks: 232-09-03 e-mail: info@chamber.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq