Xorazm viloyatida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Shovot tumani telekommunikatsiya bog‘lamasida o‘rganish o‘tkazildi
30.03.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi hamda “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali o‘rtasida hamkorlikda ishlash yuzasidan imzolangan Kelishuvi hamda Inspeksiyaning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasining 2016 yil ish rejasiga asosan joriy yil mart oyida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Shovot tumani telekommunikatsiya bog‘lamasida hamkorlikda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Inspeksiyaning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Shovot tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlariga amaliy yordam berilib, ularga umumiy foydalanishdagi telekomminikatsiyalar tarmog‘ida telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun va qonun osti hujjatlarga asosan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va bajarilishi Inspeksiyaning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq