Respublika ilmiy-amaliy anjumani ochilish marosimi
30.03.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2016-yil 28-mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ish boshladi.
Anjumanning ochilish marosimida TATU ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori Zafar Hakimov ishtirok etib, mazkur anjumandan kо‘zlangan maqsad va vazifalar va uning ahamiyati haqida to‘xtalib о‘tdi.
Anjuman davomida TATU professori Erkin Imamov, TATU Qarshi filiali dotsenti Oktabr Rahimovlarning ma’ruzalari tinglandi.
Anjuman doirasida “Ta’lim sifatini oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish о‘rtasidagi innovatsion hamkorlikning о‘rni”, “Elektron hukumat va elektron boshqaruv tizimlari”, «Kompyuter va dasturiy injiniring sohasidagi dolzarb muammolar”, «О‘quv jarayoniga zamonaviy AKT va innovatsion pedagogik texnologiyalar tatbiqi” va «Telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari” mavzularida 5ta sho‘ba faoliyat yuritadi.