O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turfirma va mehmonxonalarning ma’lumotlar bazasi
29.03.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dasturchilari O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turfirma va mehmonxonalarning ma’lumotlar bazasini yaratdilar. Mazkur bazada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik firmalar va mehmonxonalarning internet saytlari, pochta manzillari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari haqidagi ma’lumotlarni qidirish uchun mo‘ljallangan (Skype va ICQ).

Dastur ma’lumotlarni kiritish, tuzatish, kalit so‘zlar bo‘yicha qidirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik firmalar va mehmonxonalar haqida axborot olish kabi funksional imkoniyatlarga ega. Mazkur ma’lumotlar bazasi turistik firmalar va mehmonxonalar haqida ma’lumot olishda sayyohlarning talablarini to‘liq qondiradi va natijada ularning respublikamizga oqimini yanada oshirish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasi sinovdan yaxshi o‘tgan, ishlatishda ishonchli, qulay grafik interfeys bilan ta’minlangan hamda foydalanuvchidan dasturlash sohasida maxsus bilimlarni talab qilmaydi.

Hammualiflar — Safarov Baxodirxon va Tuxliyev Iskandarga ushbu ma’lumotlar bazasi uchun № BGU 00327 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq