LEGO Education WeDo konstruktori
29.03.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

lego_29_03_2016

LEGO Education WeDo konstruktori maktab o‘quvchilariga ikkinchi sinfdan boshlab, mustaqil kompyuter ilovasi yordamida oddiy LEGO modellarini yig‘ish va dasturlashtirish imkoniyatini beradi. Burilish datchiklari evaziga va ish oralig‘ida atrof-olamdan ma’lumotlar oladi, motor ularni harakatchan qiladi, dasturiy ta’minoti esa robotlar ta’sirlanishini dasturlashtirishga imkon beradi.

O‘quvchi bola dasturiy ta’minot va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanib, 12 muhandislik vazifalarini mustaqil hal etadi. Egallanadigan malakalar orasida robot texnikasi loyihachisi bilishi zarur bo‘lganlari ham talaygina, masalan:

  • Loyiha yaratish va loyihalashtirish.
  • «Miya hujumi» innovatsion texnologiyasi vositasida muqobil ijodiy yechimlarni izlash.
  • Muloqot malakalarini rivojlantirish, g‘oyalar va tajribalar almashish hamda jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganish.

LEGO Education WeDo konstruktori o‘quvchi bolalarga yo‘riqnomalar, uskunalar mohiyati va fanlararo loyihalar uchun vazifalar taqdim etib, jajji tadqiqotchi, muhandis, matematik va hatto yozuvchi bo‘lib faoliyat boshlash imkonini beradi. O‘quvchi bola, mazmun-mohiyatiga ko‘ra tabiiy fanlar, texnologiyalar, matematika, nutq rivojlanishiga oid mashqlar, vazifalarni bajarib, modellarni jamlaydi, dasturlaydi. Shaxsiy kompyuter yordamida WeDo kommutatori roboti tayyor yoki yangi yaratilgan sxema asosida jamlanadi. Uning ikki razyomi, motori, ta’minot datchiklari va kompyuter orasida ma’lumotlar almashish amalga oshiriladi.

lego_29_03_2016_1

Motor yo‘nalishini (soat strelkasi va unga teskari tomonga) aylantirish hamda uning quvvatini dasturlashtirish mumkin. Datchik olti egilish imkoniyati: «yuqoriga», «pastga», «chap yonga», «o‘ng yonga», «egilish mumkin emas» va «har qanday qiyalikka egilish» holatini taniy oladi. Harakat datchigi 15 sm.gacha masofadagi obyektlarni ko‘ra oladi. Dasturiy ta’minoti «ish maydonida» tezkor «palitradan» dastur «bloklarini» tashib, zanjirli qatorga qo‘yish yo‘li bilan dasturlarni yaratish imkoniga ega. Dasturiy ta’minoti avtomatik ravishda har qanday motor yoki datchikni topa oladi. Aytgandek, Toshkentda ham bolalar uchun «RoboKidz» robototexnika maktabi faoliyat yuritadi, unda o‘quv konstruktorlik jamlamalari qiziqarli ta’limiy o‘yinlar shaklida taqdim etiladi. Bu bolalarga muhim fizika qonunlari, statika, kinematika fanlarini o‘rganish imkonini beradi hamda ularning kelejakdagi mustaqil hayotlari uchun malakalar orttirishlari va rivojlanishlariga, shuningdek, ijodiy mantiqiy va tizimli tafakkurga ega bo‘lishlariga zamin tayyorlanishiga yordam beradi. Ular modellar yaratishlari jarayonida turli sohalar bilimlariga oid muammolarga duch keladilar hamda ularni hal etishda ko‘plab yangi bilimlarni o‘zlashtirib boradilar.

Manba: www.madrobots.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq