Ixcham elektrik monotsikl
29.03.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

el_29_03_2016

Inmotion V3 PRO — ixcham elektrik monotsikl musiqa uchun kiritilgan dinamikalari bilan Bluetooth-smartfonga ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Harakat imkoniyati 25 kmga borish va qaytishga yetadi, shahardagi diqqatga sazovor joylarga motosayohat uyushtirish va ko‘plab uzoqlarni yaqinlashtirish mumkin.

Inmotion V3 PRO elektrik monotsiklining ixchamligi, og‘irligi va o‘lchami uni osongina to‘liq boshqarish imkoniyatini beradi, shuningdek, unda yuk tashish ham mumkin. Balanslangan boshqaruv tizimi barqaror harakat va yo‘lda burilishlarni osongina amalga oshirishni ta’minlaydi, xohish bo‘lganida burilish va to‘siqlardan ham oshib o‘tish imkoniyati mavjud. Akkumulyatori zaryadi bir quvvat olishda, 25 kilometrgacha 18 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin, bu Inmotion V3 PRO giroskuterining nafaqat ko‘ngilochish gadjeti, balki kundalik harakatlanish vositasi bo‘lib hisoblanishi ham mumkin. Inmotion V3 PRO giroskuteri Bluetooth-modul va ikki dinamika bilan jihozlangan: smartfonga ulangan monotsikl sayr davrida o‘zi harakatlanadigan kolonkaga aylanadi. Monotsikl zaryadi — qurilma tormozi rekuperativ tizimi bilan jihozlangan. Monotsikl ustida plastik qoplamasi bo‘lib, ostiga ikki g‘ildiragi yashirilgan, ular katta barqarorlik bilan ta’minlangan va oson boshqarish imkoniyatiga ega. Modelning tayanch, biroq yagona xususiyati boshqaruvning taxminan 15–20 daqiqada o‘zlashtirilishidir.

Korpusining yon tomonlarida yumshoq tayanadigan (oyoq boldirlariga qattiq botmasligi va qulaylik uchun) moslamalari mavjud; oyoq ostiga — yuzasi panjarali moslama; old va orqasiga — kichik fara/signal chiroqlari o‘rnatilgan. Yuqorisida — surilma uchlagichlari bo‘lib, uning yordamida qurilma oz kuch sarflanishi hisobiga ham go‘yo yo‘l jomadoni kabi harakatlanadi. Ishga tushirilishi bilanoq Inmotion V3 PRO giroskopi vertikal holatda harakat qiladi, elektr motori esa ilgari itaradi. Har biri 38 mm.li qalinlikdagi ikki parallel g‘ildiragi yumshoq charm panellar bilan ta’minlangan bo‘lib, hatto elektr g‘ildiraklarda endigina harakatlanishni o‘zlashtirganlar uchun ham qulaylikni ta’minlaydi. Tejamkor motori va kuchli akkumulyatori 25 km.gacha yo‘l bosishi mumkin. Tarmoqdan olingan 100% 220 V quvvati bilan 90 daqiqa, 80% bilan — 70 daqiqa harakatlana oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq