IBM Watson bilan boshqariladigan «Konni» roboti Hilton mehmonxonasida testdan o‘tkazilmoqda
29.03.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ibm_29_03_2016

Hilton Worldwide mehmonxona kompaniyasi hamda IBM hamkorlikdagi «Connie» loyihalari doirasida mehmonxona industriyasi uchun IBM Watson platformasi yordamida boshqariladigan robot-konserj(yordamchi)ni yaratilgani haqida e’lon qildilar.

«Konni» (Connie)ning nomi Hilton otellar tizimining asoschisi Konrad Xilton (Conrad Hilton) sharafiga shunday atalgan bo‘lib, IBM Watson platformasi bazasidagi dastlabki robotdir. Uni mehmonxona industriyasi uchun IBM tomonidan ishlab chiqqanlar. Robotning vazifasi tashrif buyurganlarga Hilton mehmonxonasining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish, mahalliy diqqatga sazovor maskanlar haqida so‘zlab va restoranda taomlar tanlovi bo‘yicha maslahat berishdan iborat. «Konni» Nao bazasida yaratilgan, fransuz kompaniyasi Aldebaran tomonidan ishlab chiqarilgan gumanoid robotining narxi $8000ni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda «Konni» Maklin (Virdjiniya shtatida) Hilton otelida testdan o‘tkazilmoqda. IBM Watson platformasidan foydalanuvchi gumanoid roboti otel mehmonlarini iltifot bilan qarshi oladi, mehmonxona sharoitlari, jadvallar va servis xizmatlari haqidagi savollarga javob beradi. «Konni» mehmonlarni otel bilan tanishtirib, WayBlazer sayohatchilari uchun ilovaga ulana oladi va turistlar uchun sayrbop maskanlar, restoranlarni tavsiya etishi mumkin. «Konni» shunday ishlab chiqilganki, uni testdan o‘tkazish davrida odamlar bilan muloqot qilish malakasini takomillashtirish mumkin, sababi otel mehmonlari savollari va ularga javoblarni kelajakda foydalanish uchun xotirada saqlab qoladi. Hilton Worldwide va IBM loyihani boshlang‘ich deb nomlaganlar, shuning uchun «Konni» robot-konserjni kelajakda Hiltonning boshqa otellarida ham uchratish mumkin bo‘ladi.

Manba: www.prnewswire.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq