Gibrid monog‘ildirak va sigveya
29.03.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

mono_29_03_2016

Ecodrift Smart giroskuteri — ichiga giroskop kiritilgan elektrik tarzda tortuvchi shaxsiy individual transportdir. Gibrid sigveya va elektrik tortuvchi vazifa bir skuterga kiritilgan. Undan foydalanish uchun — shunchaki platformasiga turib, tezligi va harakat yo‘nalishini tanani engashish harakatlari yordamida boshqarish zarur.

Ecodrift Smart — bu monog‘ildirak va sigveyaning muvaffaqiyatli gibrididir. U ham «solovil» beradigan drayvni taqdim etadi, juda yaxshi ko‘ngilochish, quvonish zavqini har ikki oyoq ostidagi ikki mustaqil platforma orqali olish mumkin. Biroq boshqaruvning malakali amaliyotini talab etadi. Girotsikl superixcham o‘lcham va juda yengil vaznga ega. Shaxsiy transport vositasi hali bunchalik qulay bo‘lgan emas. O‘z Hovertrax Ecodrift transportingizga ega bo‘ling va sayrga chiqing, shahar chetiga hordiq chiqargani boring. Uning og‘irligi bor-yo‘g‘i 10 kg.ni tashkil etadi. Ecodrift Smart girotsikli — bu ko‘ngilochish va sport qurilmasidir.

mono_29_03_2016_1

Girotsikl ikki asosli, motorli platforma bo‘lib, har biri mustaqil burilishi mumkin. Bu yechim ruldan voz kechish hamda kichik tezlkda ham bir g‘ildirakli modellarga nisbatan katta barqarorlikka erishish imkonini berdi. Korpus barqaror polikarbonatdan ishlangan. Ecodrift Smart yengil asosli platformalarda va 12 km/soatgacha tezlikka erishadi. 45 gradusdan katta burilishlarda g‘ildirak motori o‘chib qoladi. 10 km/soatdan katta tezlikda himoya moduli ishga tushadi va kelgusi tezlikni kamaytirish maqsadida asta platformani yuqoriga ko‘tara boshlaydi. Himoya tizimi akkumulyator zaryadi 10 foizdan kamayishi bilan ishga tushadi. Aytgandek, Toshkentdagi supermarketlardan birida ham Ecodrift Smartni sinab ko‘rish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq