Enflux Smart Clothing sport kiyimiga o‘nta harakat datchigi kiritilgan
29.03.2016
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib turib, uni to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor qaratish: nafas olishni nazorat qilish, tananing ma’lum bir holatini saqlab qolishga, zarur tezlik va amplitudada harakat qilish zarur bo‘ladi. Faqat shunday holatda ko‘proq foyda ko‘rish va salbiy oqibatlardan ehtiyot bo‘lish mumkin.

Bunda murabbiy yoningizda bo‘lsa yaxshi, sababi xatolarni ko‘rsatib, yaxshi bajarilgan mashqlar uchun rag‘batlantirib, shuningdek, kelgusi mashqlarga maslahat berib turadi. Shunday shaxsiy murabbiyga muqobil bo‘lgan Enflux Smart Clothing sport kiyimi chiqarilmoqda.

en_29_03_2016

Enflux Smart Clothing sport kiyimiga o‘nta harakat datchiklari kiritilgan bo‘lib, Bluetooth interfeysi orqali smartfonga uzatiladi. Mobil ilova mashq davrida tana qismlari holati, harakatlarini kuzatish imkonini beradi va shu vaqtning o‘zida foydalanuvchiga tavsiyalar bera oladi.

en_29_03_2016_1

Manba: https://www.kickstarter.com/projects/1850884998/enflux-smart-clothing-3d-workout-tracking-and-form

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq