Dreamstalker tush ko‘rishni boshqarish qurilmasi
29.03.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

DreamStalker uxlash oldidan ko‘zga taqiladigan yumshoq niqobdir. Niqob ichida datchikli elektron plata mavjud. Datchik tezkor uyqu fazasida ko‘z harakatlarini nazorat qiladi hamda nurli va (yoki) tovushli signal beradi. Signal uyqu boshlanganidan darak beradi. Ixcham ishlab chiqilgan niqob dizayni ko‘z harakatiga hamda me’yordagidek va to‘laqonli dam olish uyqusiga xalaqit bermaydi.

dream_29_03_2016

Anglab turib, tush ko‘rish — bu odam ozining uyquda ekanligini bilishi va tushunishidir. Bunday uyquda o‘z orzularini amalga oshirish mumkin. Anglab turib, tush ko‘rishga virtual o‘yinlar va 3D filmlar taassurotini qiyoslab ham bo‘lmaydi. Bu hayotdagi eng yorqin damlardan biridir. Tushda uchish, xohlagan joyga ko‘chish, qo‘rquvlarni yengib o‘tish mumkin hamda o‘z ichki olamini kuzatish mumkin. Har bir inson o‘z tushini boshqara oladi, ta’kidlaydilar taqdiqotchilar va amaliyotchilar. DreamStalker qurilmasi go‘yo yangi olam darbozalarini ochib beradi, keyinchalik mazkur qurilmasiz ham bu olamda kezishning imkoni yaratiladi.

Asosiy xususiyatlari:

  • tun mobaynida qurilma taqdim etgan barcha imkoniyatlarning xotirada saqlanib qolishi;
  • qurilmaning barcha sozlanishlari va statistik axborotni aks ettiruvchi displeyi mavjudligi;
  • DreamStalker qurilmasi ko‘z harakatlarini nazorat qiluvchi datchik zamonaviy SMD-komponentlardan foydalanib, ishlangan.

Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatishicha atrof-muhitdagi har qanday voqelik tushga tatbiq etilishi va anglanishi mumkin. Mazkur qurilma ham shunga muqobil holda amal qiladi. U go‘yo barcha tush voqealarini: yumshoq nurli va tovushli signallari bilan ma’lum qilib turadi. Qurilmaning asosiy g‘oyasi shundaki, bu tush ko‘rishda, aynan zarur bo‘lgan vaqtda beriladi. DreamStalker odamlar uchun uchta kiritilgan, yengil, o‘rta va chuqur uyqu rejimga ega bo‘lib, barcha ko‘rsatkichlar shunday qulay sozlanganki, bu uyquga yumshoq ta’sir etib, uyg‘otib yubormaydi. Tush mazmuniga ko‘ra o‘zgarishlarni sezish mumkin. Nurli signallar, masalan, xonada chiroq yoqib-o‘chirish yoki avtomobil faralarini yoqqandagi holatga o‘xshaydi. Qurilma ko‘rsatmalarini sezib, o‘zingizga: «Bu TUSH-ku!» deyishingiz va uni boshqarishingiz mumkin. Tasavvur qiling-ga, agar shunday qurilmaga ega bo‘lsangiz, qanday tush ko‘rishni rejalashtirgan bo‘lardingiz.

Manba: www.madrobots.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq