Cocoon Cam videoenagasi
29.03.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

cam_29_03_2016

Cocoon Cam — go‘daklarni va uning nafas olish tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan yangi avlod videoenagasidir. Odamlar yaxshi narsalarga tez o‘rganadilar, masalan, Android OT bilan amal qiladigan dastlabki smartfon taqdim etilganiga yetti yil ham bo‘lgani yo‘q. Hozirgi kundayoq mazkur qurilma eskirib, qiziqishdan qolganga o‘xshaydi. Biroq shu bilan bir vaqtda, kirib kelayotgan yangiliklar qiziqishga sazovor bo‘lib bormoqda. Masalan, Cocoon Cam — jajji kichkintoylarni nazorat qilish qurilmasidir. Odatda, bunday qurilmalarning imkoniyatiga bog‘liq holda radioenaga yoki videoenaga deb ataydilar. Cocoon Cam qurilmasini esa yangi avlod bolalar monitori deb atash mumkin.

Qurilma kamera bilan jihozlangan bo‘lib, smartfon vositasida bolakaylarni kuzatish imkonini beradi, biroq bu yangilikning eng oddiy funksiyasidir. Qurilma bola salomatligi holatini ham nazorat qilishga qodir. Albatta, ma’lum bir cheklovlarga ham ega. Cocoon Cam infraqizil kamerasi vositasida muntazam go‘dakning tana haroratini nazorat qiladi. Bundan tashqari, bolaning yurak urishi va hatto nafas olishi tezligini kuzatadi, biroq bu ham hammasi emas. Monitor bolaning o‘rinda to‘g‘ri yotganini ko‘rsatib turadi. Agar qurilma uni noto‘g‘ri deb hisoblasa, darhol ota-onasini xabardor qiladi. Qurilmaning dastlabki narxi $300. Hozirgi vaqtda oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. Yaqin muddatlarda yetkazib berish ishlari boshlanadi. Narxiga qo‘shimcha oyiga maxsus firma dasturiy ta’minoti uchun yana $10 sarflanadi.

Manba: http://www.cocooncam.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq