“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasida axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
28.03.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_28_03_2016

“O‘zbekcharmpoyabzal” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 23-fevraldagi “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-2552-son Farmoniga asosan teri, mo‘yna xom ashyolarini yig‘uvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi hamda sun’iy charm, charm-attorlik buyumlari, poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘ngilli ravishda birlashishi asosida tashkil etilgan.

Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib uyushma tarkibiga kirgan tarmoq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning charm, mo‘yna (qorako‘ldan tashqari) xom-ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, yagona texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish, xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, raqobatbardosh charmpoyabzal, galanteriya va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqarish uchun korxonalarni modernizatsiyalash hamda texnika bilan qayta jihozlashga ko‘maklashish belgilangan.

Uyushma tarkibida 72ta uyushgan korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bularga, respublikaning barcha viloyatlarida joylashgan 13ta teri tayyorlov korxonasi, 26ta terini qayta ishlash, 26ta poyabzal, 5ta charm-attorlik va bir sun’iy charm, bir sopol plitalar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Uyushma o‘zining rasmiy uzcharm.uz veb-saytiga ega. Saytga har kuni sohaga tegishli ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Uyushma nomiga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berilmoqda. Bu esa aholining murojaatlarini elektron holatda qabul qilinishi va qoniqarli javob olishini ta’minlaydi. Uyushmada «Elektron hukumat» tizimini va AKT sohasidagi loyihalani amalga oshirishda Elektron hukumat markazi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi «Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, uyushma o‘zining faoliyat doirasidan kelib chiqib, 3ta axborot tizimini bugungi kunda amalga oshirgan. Jumladan:

  • «Mehnat resurslari boshqaruvi va ish haqi hisoboti qo‘shilgan holda xodimlar boshqaruvi bo‘yicha axborot tizimini joriy qilish» tizimi 2015-yil 11-fevralda ishga tushirilgan va bugungi kunda tizim to‘liq ishlamoqda. Ushbu ERP tizim orqali tashkilot o‘zining boshqaruv tizimini elektron holatda yo‘lga qo‘yadi. Bu esa uyushma faoliyatida ahamiyatini ko‘rsatmoqda.
  • «Omborxona hisobotini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish» tizimi 2015-yil 14-iyunda to‘liq ishga tushirilgan va bugungi kunda tizim to‘liq ishlamoqda. Ushbu axborot tizimi uyushmaning o‘z faoliyati uchun ham, balki unga a’zo korxonalar bilan ishlashda ham katta qulayliklarga ega. Markazlashgan holda ma’lumotlar bazasini yuritishga imkon yaratadi.
  • «Marketing sohasidagi faoliyatni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlari majmuini joriy etish» tizimi 2015-yil 30-sentabrda to‘liq ishga tushirilgan va bugungi kunda tizim to‘liq ishlamoqda. Ushbu axborot tizimi internet do‘kon ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, ish bilan band aholi qatlamiga qulaylik yaratish maqsadida va shu orqali aholi iste’mol qatlamini charmpoyabzal va charm mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish imkonini berish maqsadida yaratildi. Bugungi kunda ushbu axborot tizimi orqali Respublikamizdagi teri tayyorlashlovchi va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mazkur mahsulotlar savdosi onlayn holatda tashkil etilmoqda. Ishga band aholi qatlami ishda yoki uyda bo‘lishidan qat’iy nazar onlayn holatda o‘ziga yoqgan tayyor mahsulotni xarid qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda U-PAY elektron to‘lov tizimi orqali faqat uzcard to‘lov kartalari bilan to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tayyorlanayotgan teri va tayyor mahsulotlarga nisbatan qiziqish katta. Kelajakda ushbu tizim orqali savdoni jahon bozoriga olib kirish maqsadida MasterCard va VIZA tizimlariga ham ulanish ko‘zda tutilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq