Mobil aloqa operatorlar va kontent-provayderlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
28.03.2016
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

gis_28_03_2016_1

Abonentlar tomonidan taqdim etilayotgan kontent xizmatlar sifati bo‘yicha murojaatlar soni, ya’ni kontent-proyvaderlar tomonidan yuboriladigan SMS xabarlarda ko‘ngilochar xizmatlarni ishga tushirish/o‘chirish va mazkur xabar jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mavjud emasligi haqidagi mavhum SMS-jo‘natmalar to‘g‘risidagi shikoyatlar ko‘payib borayotganligi hamda mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali xizmatlar taqdim etib kelayotgan kontent-provayderlar O‘zbekiston Respublikasining qonun va me’yoriy hujjatlar talablari asosida o‘z faoliyatlarini tashkil qilishi yuzasidan 2016 yil 18 martda Inspeksiyada mobil aloqa operator va kontent-provayderlar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

gis_28_03_2016

Mazkur yig‘ilishda mobil aloqa operatorlar va kontent-provayderlarning ish faoliyatidagi ayrim muammo va kamchiliklar, xususan abonentlarga mazkur yo‘nalishda sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishi hamda ushbu xizmatlarni ishga tushirish/o‘chirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilmasligi, shuningdek mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarga yetarli darajada e’tibor qaratilmasligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda aytib o‘tilgan barcha kamchilik va takliflar inobatga olinib yig‘ilish yakuni yuzasidan mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlar tomonidan taqdim etilayotgan ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatishdagi faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun va me’yoriy hujjatlar talablari asosida og‘ishmagan holda amalga oshirishlari to‘g‘risida qaror qabul qilindi va shu bilan birga qabul qilingan qaror ijrosi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq