MCHJ shaklidagi “SHARQ TELEKOM” qo‘shma korxonasida tekshirish o‘tkazildi
28.03.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yilning mart oyida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2016 yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan MCHJ shaklidagi “SHARQ TELEKOM” qo‘shma korxonasida tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish jarayonida korxonada aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, normativ -huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi, sifat ko‘rsatkichlarining va qurilish bo‘yicha olib borilgan ishlarning amaldagi normalarga muvofiqligi, shuningdek Inspeksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarning ayrimlarini xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan tekshirish o‘tkazilayotgan davrning o‘zida bartaraf etish imkoniyati yaratildi va qolgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektga tegishli ko‘rsatma berildi. Ko‘rsatmaning bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq