Surxondaryo viloyatida Termiz shahridagi radiotelevizion stansiyasi faoliyati o‘rganildi
24.03.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspektsiya) va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining (“RRTM” DUK) filiallari o‘rtasida hamkorlikda ishlash yuzasidan 2016 yilda imzolangan Kelishuvga asosan joriy yilning 9-11 mart kunlari Inspektsiyaning Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan Surxondaryo viloyatida Termiz shahridagi radiotelevizion stansiyasi faoliyati hamkorlikda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar talablariga amal qilinishi hamda lisenziya kelishuvi talab va shartlari bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtirilib, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi Inspektsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.