Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi Milliy ilmiy-ta’limiy forum
22.03.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

23-25 mart 2016 yil O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda.

Tadbir maqsadi – anjuman ishtirokchilarini jahon ilmiy-ta’limiy manbalari ma’lumotlari bilan va yuqori reytingli jurnallarda maqolalar nashr ettirish imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlarning sifatini yaxshilash va nashr ettirish faolligini oshirish.

Tadbirga o‘z taqdimotlari va mahorat darslari bilan ishtirok etishga dunyoning yetakchi kompaniyalari (Thomson Reuters, EBSCO information services, ProQuest, Wiley, Emerald, Oxford University Press, Cambridge University Press, eIFL va bshq.) vakillari taklif etiladilar.

Anjuman doirasida “AXBOROT-KUTUBXONA TARMOG‘IDA ILMIY-TA’LIMIY MA’LUMOTLARNI YaRATISh VA ULARDAN FOYDALANISh TEXNOLOGIYaLARI” mavzusida 8-tadbir (yetakchi elektron ilmiy-ta’limiy resurslarga bag‘ishlangan seminar va taqdimotlar) o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

MAQSADLI AUDITORIYa – vazirlik va idoralar, OTM, FA ilmiy markazlari rahbarlari, axborot-kutubxona muassasalari (AKM) direktorlari va yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar.

Muhokama uchun mavzular: 

  • 2016 yilda ilmiy-ta’limiy  va axborot-kutubxona muassasalarining Thomson Reuters, EBSCO information services, ProQuest resurslaridan  foydalanish imkoniyatlari haqida;
  • Dunyoning yetakchi nashriyotlarining elektron ilmiy-ta’limiy resurslarining dolzarb manbalari va ulardan O‘zbekiston ilmiy-ta’limiy va axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish;
  • Ilmiy nashrlar va doktorlik dissurtatsiyalarining samaradorligini va sifatini  oshirish.
  • Ilmshunoslik. Ilmshunoslik vositalari.

IshtirokcHilar uchun anjumanning samaradorligi 

Vazirlik va idoralar, OTM, FA ilmiy markazlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari  va xalqaro standartlar talablari asosida ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, OTMlar va ilmiy markazlar reytingini oshirish;

Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va tadqiqotchilar Thomson Reuters, EBSCO information services, ProQuest  jahon elektron ilmiy-ta’limiy resurslaridan foydalanish va o‘z ilmiy maqolalarini ularning yuqori reytingli jurnallarida nashr ettirish imkoniyatlari;

Axborot-kutubxona muassasalari (AKM) direktorlari elektron resurslarning xilma-xilligi va ularni boshqarish, ilmshunoslik vositalari va ulardan foydalanishida AKMlarning roli, foydalanuvchilarga ko‘maklashish va o‘rganishini tashkil etish haqida bilib oladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq