www.chakchak.uz sayti doirasida “Mazali reportaj” tanlovi
17.03.2016
Rukn: Internet, Tadbirlar.
Muallif: .

chak_16_03_2016

UZINFOCOM Markazi va ZiyoNET ta’lim tarmog‘i 15-martdan boshlab “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan, pazandachilik internet tanlovining boshlanganligi to‘g‘risida e’lon qiladi. Ushbu tanlovda barchani ishtirok etishga taklif qilgan holda, sovrinlardan birini yutib olishga harakat qilib ko‘ring.

Tanlov Chak-chak.uz saytida o‘tkazilib, g‘oliblar sayt foydalanuvchilari tomonidan aniqlanadi.

Tanlovda www.chakchak.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tgan har qanday foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

Tanlov o‘tkazilish muddatlari: 2016-yil 15-martdan 3-aprelgacha.

Saytda foydalanuvchilar tomonidan ovoz berish (layklar): 2016-yil 15-martdan 10- aprelgacha.

Ovozlarni hisoblash va g‘oliblarni aniqlash: 2016-yil 11-apreldan 14- aprelgacha.

Tanlov g‘oliblarni e’lon qilish: 2016-yil 15-aprel.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar talab qilinadi:

    — www.chakchak.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tish va “Tanlov uchun” nomli tegni ko‘rsatgan holda, taom retseptini joylashtirish. Tanlov uchun xohlagan taom tanlanishi mumkin;
    — Retseptni qo‘shishda taom tayyorlash jarayoni batafsil yozilishi, retsept bo‘yicha taom tayyorlanish jarayonining bosqichma-bosqich kamida 5 ta fotosurati yuklanishi va ishtirokchining o‘z pazandalik ijodi mahsuli bilan tushgan yakuniy surati joylashtirilishi kerak. Har birining o‘lchami (kengligi) 500 pikseldan kam bo‘lmasligi lozim;
    — Tanlov ishtirokchisi retsept oxirida o‘zining familiya va ismini to‘liq ko‘rsatishi kerak;
    — Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan taomlar va boshqa resurslardan tayyor fotosuratlarni ishlatish taqiqlanadi. Shu kabi holatlar aniqlanganda tanlov ishtirokchisi tanlovdan chetlashtiriladi.;
    — Retseptning yakuniy fotosuratida ishtirokchilar pokiza va ozoda ko‘rinishga ega bo‘lishlari kerak;
    — Rasmlarda ochiq yoki yopiq shakldagi har qanday reklamadan foydalanish taqiqlanadi;
    — Har qanday avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi bitta retseptga – faqat bir marta ovoz berish imkoniyatiga ega;
    — Tanlov qimor yoki lotereya o‘yini bo‘lib hisoblanmaydi va Tanlov shartlariga muvofiq ishtirokchilarining qonuniy harakatlariga asoslanadi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan sovringa ega bo‘lishlari www.chakchak.uz saytining foydalanuvchilarining Internet orqali ovoz berish natijalariga bog‘liq.

Sovrinlar

Birinchi o‘rin uchun sovrin – Blender va diplom;

Ikkinchi o‘rin uchun sovrin – Toster va diplom;

Uchinchi o‘rin uchun sovrin – Mikser va diplom.

Tanlov o‘tkazilishi Qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Muallif: Zumrad Shadjalilova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq