«UZTELECOM TShTT filiali» mobil ilovasi
14.03.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

uztelecom_14_03_2016

«O‘zbektelekom» AK TShTT filiali «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filiali abonentlari uchun oddiy va qulay yordamchi bo‘lgan «UZTELECOM TShTT filiali» mobil ilovasini ishlab chiqdi va erkin foydalanish uchun joylashtirdi.

uztelecom_14_03_2016_1

Mazkur ilova yordamida foydalanuvchilar doim kompaniya xizmatlari, tariflari va yangiliklaridan xabardor bo‘ladilar.

uztelecom_14_03_2016_2

Ilova yordamida abonentlar o‘zlariga zarur bo‘lgan telefon operatorlari xizmatlari, xalqaro va mahalliy kodlari, kompaniyada foydalaniladigan qo‘shimcha xizmat turlari kodlarini osongina topa olishlari mumkin.

Abonent ro‘yxatdan o‘tganidan keyin mavjud muammolarni tezkor hal etish uchun shikoyat va takliflari bayon etilgan murojaatlarini jo‘natishi mumkin. Shuningdek, kompaniya foydalanadigan ijtimoiy tarmoq orqali aloqa kanalidan foydalanishi mumkin.

Ilovani o‘rnatish orqali Siz ham kompaniya bilan ishlashda katta imkoniyatga ega bo‘lasiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq