Ma’lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda shikastlanishlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ularni bartaraf etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma tasdiqlandi
14.03.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Ushbu “RH 45-191-2015” rahbariy hujjat ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida shikastlanishlar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish, hisobga olish va shikastlanishlarni bartaraf etish tartibini belgilab, kelib tushgan murojaatlarning xususiyatini inobatga olgan holda ko‘rib chiqilishi tartibini mukammalashtiradi.

Ushbu yo’riqnoma shu yo‘nalishda xizmatlarni ko‘rsatuvchi va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan barcha operator va provayderlarga taalluqlidir. Hamda ushbu yo‘nalishda ko‘payib borayotgan murojaatlarning sonini inobatga olgan holda, rahbariy hujjatning joriy etilishining asosiy maqsadi ma’lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatish sifati yomonlashganida, tarmoq bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan uskunani testlashda, shikastlanishlarni bartaraf etishda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ularga kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida sifat ko‘rsatkichlariga amal qilinishi va javobgarlik darajasini oshirilishiga qaratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq