Farg‘ona shahrida “IPLUS” MChJning ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi
12.03.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (Inspektsiya)ning qurilishi tugallangan aloqa ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan “IPLUS” MChJning Farg‘ona shahar Gulzor mahalla fuqarolar yig‘iniga keng polosali tarmoq (FTTB) qurilishi tugallangan ob’yektlarini foydalanishga qabul qilish yuzasidan topshirilgan hujjatlari Inspektsiyaning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yilning fevral oyi davomida tahlil qilindi va ob’yektlar joyiga chiqib o‘rganildi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

“IPLUS” MChJ korxonasi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng vakolatli organlarning xulosasiga asosan ob’yektlar foydalanishga qabul qilindi.

Internet provayderlar tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi bilan aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi bilan birga keng qulayliklar va yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq