Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatlar soni 500 mingdan oshdi
11.03.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

“Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida murojaatlar soni rekord ko‘rsatkich — 500 mingdan ortdi.

2016 yil 1 iyulda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushganiga 3 yil bo‘ladi.

Portal fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari to‘g‘risida ma‘lumot olish hamda ushbu xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatini beradi.

Xizmatlarning har biri uchun foydalanuvchilar, kerakli hujjatlar ro‘yxati, to‘lov miqdori va to‘lovni amalga oshirish tartibi, xizmat ko‘rsatish muddati hamda natijasi ko‘rsatiladi. Shu yerning o‘zida ular bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlat ham e’lon qilinadi. Idoralar va xizmatlat turlari bo‘yicha maxsus bo‘lim ham ishlamoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati sifati to‘g‘risida fikr bildirish imkoniyati ham mavjud.

Yagona portal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi PQ-1920-son Qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Republikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida yaratilgan.

Yagona portalning asosiy elementlaridan biri “Statistika” moduli bo‘lib, davlat organlari tomonidan foydalanuvchilarning murojaatlari va arizalarini ko‘rib chiqish holati haqida dolzarb ma’lumotlarni beradi. Ushbu modul davlat organlari va aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar samaradorligini, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Yagona portal orqali aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun 23 yo‘nalishdagi 260 dan ortiq interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. Yagona portalga 600 dan ortiq davlat organlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari ulangan. Portalga kelib tushgan murojaatlarning 59 foizi tadbirkorlik subyektlaridan yuborilgan bo‘lib, bu Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali tadbirkorlar uchun biznes bilan bog‘liq masalalarini hal etishda qulay muhit imkoniyati yaratganidan dalolat beradi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq