Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Intellektual mulk sohasi huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi
06.03.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

ima_6_03_2016

2016 yil 26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan «Intellektual mulk sohasi huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada Qonunchilik palatasi deputatlari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, ijodiy uyushmalar, sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulk sohasining tashkiliy-huquqiy negizi yaratilganligi ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi.

Konferensiyada asosiy e’tibor intellektual mulk sohasi huquqiy asoslarining hozirgi holatini har tomonlama tahlil etish, xususan Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida», «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida», «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida», «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunlarni tahlil etish natijasida aniqlangan qonun normalaridagi noaniqliklar, boshqa qonun xujjatlariga mutanosib emasligi sohani yanada rivojlantirilishiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlandi.

Qo‘mita tomonidan intellektual mulk sohasi huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid xalqaro hujjatlar qoidalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish, ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan qonun va qonun osti hujjatlarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, bu sohadagi qonun hujjatlari hamda Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq