Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislari AKTni tashkilot faoliyatiga samarali joriy etish bo‘yicha o‘qitildi
05.03.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi joriy yilning 1-4 mart kunlari barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun qator seminarlar o‘tkazdi.

Seminarda AKTni tashkilot faoliyatiga joriy etish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, rasmiy veb-saytlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘llari, elektron xizmatlarni joriy etish, elektron hujjat aylanishi tizimlarini ishlatish samaradorligi va tashkilotda ishonch telefonini tashkil etish, shuningdek AKTni joriy etish samaradorligini baholash metodikasi muhokama qilindi.

Seminarda tashkilotlarning mutaxassislari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ushbu seminarlar natijasida tashkilotlar tomonidan AKTni joriy etish samaradorigini baholashda olinadigan yakuniy reyting natijalarining o‘sishiga erishish lozim.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq