«Galagram» mobil va kompyuter ilovasi
03.03.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Star Palete» mas’uliyati cheklangan jamiyati dasturchilari «Galagram» mobil va kompyuter ilovasini ishlab chiqdilar. «Galagram» — bu Android, BlackBerry OS, iQ_S, Svmbian, Windows Phone, Bada platformalarida va kompyuterlarda Windows, OS_X va Linux boshqaruvida ishlaydigan smartfonlar uchun mo‘ljallangan internet-telefon.

Bu — bepul krossplatformali messendjer. «Galagram» orqali matnli materiallar, rasmlar, ovozli smaylchalar, foto, video va audioxabarlar yuborish, beshta yoki undan ortiq kishilar uchun videokonferensiyalar tashkil qilish, shuningdek, onlayn o‘yinlar tashkil qilish, xalqaro kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin. Servis xalqaro bozorga mo‘jallangan bo‘lib, multitil (ingliz, rus, o‘zbek, xitoy va boshqa) interfeysiga ega.

Foydalanuvchilarning akkuntlari telefon raqamlariga ulanadi. Servisda ro‘yxatga olish va keyinchalik yangi qurilmalarni avtorizatsiya qilishda kodli SMS-xabar yuborish orqali telefon raqami tekshiriladi. Olingan kod mazkur akkunt uchun yangi mijoz ilovasini avtorizatsiya qiladi.

ima_3_03_2016

Mualliflar — Buranov Bekzod va Sharipov Shoxruxga ushbu dastur uchun DGU 03447 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq