Nukus shahrida radioelektron vositalardan ruxsatnomasisiz foydalangan jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi ko‘rib chiqildi
02.03.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), foydalanish hamda chet ellardan olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan 2016 yilda hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ga asosan joriy yil fevral oyida tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir natijasida 1 nafar jismoniy shaxs tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “KENWOOD” rusumli 2 dona radioelektron vositalardan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning tegishli ruxsatnomasisiz noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 152- moddasi 1- qismiga asosan ma’muriy chora ko‘rildi hamda huquqbuzarga radioelektron vositalardan foydalanish tartibi bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq