AKT sohasi tizimidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey rahbarlari, o’qituvchi va ishlab chiqarish ustalari uchun seminar tashkil etildi
01.03.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

sem_1_03_2016

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1 mart kuni “Biznes va personalni rivojlantirish markazi”da “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda rivojlantirish” mavzuida o‘quv seminari tashkil etdi.

Yurtimizning barcha hududlarini qamrab olgan videokonferensiya shaklidagi seminarda vazirlikka biriktirilgan 72 ta aloqa, axborot va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarining jami 700 nafardan ziyod rahbarlari, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ustalari ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad soha tizimidagi kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishdarida ta’lim sifatini yaxshilash, AKT yo‘nalishidagi rahbar va pedagog kadrlarni sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Seminarning ochilish qismida ta’kidlangani kabi, bugun AKT foydalanuvchilarining talab va ehtiyojlari, hukumat tomonidan soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida ishtirok eta oladigan, mustaqil fikrli, bilimli mutaxassislarga ehtiyoj har doimgidan ham yuqori. Bu esa o‘z navbatida pedagog kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishni taqozo qiladi.

Ishtirokchilar AKT yo‘nalishidagi o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, yangi pedagogik va AKT texnologiyalar, mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimining joriy etilish holati, keng polosali xizmat turlarini kengaytirish istiqbollari, idoralararo elektron hamkorlik tizimining afzalliklari, davlat idoralarida axborot xavfsizligini ta’minlash, AKTning global rivojlanish tendensiyalari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida keng formatli texnologiyalarning o‘rni kabi dolzarb yo‘nalishlarda taqdimot va ma’ruzalarni tingladilar.

Seminarda ma’ruza va taqdimotlar soha tizimidagi muassasalar rahbarlari, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy va xalqaro kompaniyalar vakillari tomonidan olib borildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq