UMS yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlamoqda
29.02.2016
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasi mutaxassislari uchun uyushtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.

UMS kompaniyasi yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish va martabasini oshirishga bo‘lgan huquqini amalda qo‘llab-quvvatlagan xolda, ushbu an’anaviy bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ikkinchi yil muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu yilgi tadbir respublika bo‘ylab minglab tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortdi. Ular ichida yuqori kurs talabalari, oliygoh va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda boshqa istiqbolli kadrlarni ko‘rish mumkin edi.

UMS kompaniyasi yosh mutaxassislarga AKT, sotuvlar va xizmat ko‘rsatish sohalari, mobil operator faoliyatini boshqarish (menejment) va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqida dolzarb ma’lumot berdi. Kompaniya stendi yarmarkaning yuzlab mehmonlari e’tiborini tortdi – ular UMS jamoasida, shu jumladan respublika hududlaridagi ofislarida professional rivojlanishni boshlash yoki davom ettirish maqsadida o‘z anketa va rezyumelarini taqdim etishdi.

— UMS — aloqa va telekommunikatsiya milliy bozorida eng nufuzli ish beruvchilardan biri hisoblanadi. O‘ylaymanki, shuning uchun ham yoshlar kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga katta qiziqish bilan yondoshmoqda, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti Moldir Sagiyeva. — Men Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisi mutuxassisi lavozimiga bo‘lgan bo‘sh ish o‘rniga da’vogar sifatida ro‘yxatga olindim. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganligim uchun menga mos ish. O‘ylamanki, bu martabamni oshirish sari qo‘yilgan salmoqli qadamim bo‘ladi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi UMS rekruterlari va yosh mutaxassislar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishiga, yoshlar ishga joylashish bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob topishiga ajoyib imkoniyat yaratdi.

UMS mobil operatorining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotni www.ums.uz saytidagi tegishli bo‘limdan olish mumkin. Endilikda kompaniyaga rezyumeni tayyor onlayn-anketa shakli orqali yuborish ham mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq