Xizmat va telemavjudlik sohasida robotlardn foydalanish
25.02.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

xiz_25_02_2016

Ma’lumki, telemavjudlik robotlari odamlar orasidagi masofaviy muloqot to‘siqlarini olib tashlashga imkon berdi. Mazkur soha texnologiyalari olis joylarda mavjud bo‘lish imkoniyatini berishi bilan katta ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Mazkur robotlar avtonom ishlaydi, biroq zarur bo‘lganda ulardan telemavjudlik rejimini boshqarish imkoniyati ham mavjuddir. Inson bilan robot o‘rtasidagi munosabatlardan foydalanish, oddiy vazifalarni hal etishda, ya’ni vazifalarni robotlarga yuklab, odamlar boshqa yumushlari bilan shug‘ullanishlariga imkon beradi.

2014-yil oktabr oyida Suitable Technologies xodimlari — Beam telemavjudlik robotlari ishtirokida dastlabki chakana savdo do‘konlarini ochdilar. Ikki oydan keyin San-Xose shahrida Orchard Fellow Robotics Hardwaredan OSHBot nomli robot taqdim etilib, undan yarim avtonom holda foydalanila boshlaydi. OSHBot ovoz va tasvirni tanish funksiyasiga ega bo‘lib, mijozlarni belgilangan tomonga yo‘naltishi mumkin. Robototexnika xodimlari hozircha loyiha boshlang‘ich tajriba bosqichidaligini, biroq jarayonlarni yaxshilashga yordam berishi isbotlanayotganini ta’kidladilar. Agar robot bilan muloqotda qiyinchilik tug‘ilsa, boshqa do‘kondan assistent kelib, barcha texnik masalalarni hal etishi mumkin. Shifokorlar agar bemorlarga jismonan yordam bera olmasalar, robotlardan olis qishloq joylardagi kasalxonalarda foydalanish va telemavjudlik asosida xizmat ko‘rsatish mumkinligini ta’kidlamoqdalar.

Silikonli vodiy — servis robotlaridan namunalari mavjud bo‘lgan yagona joy emas. Pal Robotics REEM roboti o‘tgan yoz faslini Abu-Dabidagi Yas orolida o‘tkazdi. Savdo markazida ishlab, xaridor va sayyohlarga binoda o‘z yo‘llarini topishlarida yordam berdi. Shuningdek, Pal Robotics jamoasi ikki oyoqli REEM-S deb atalgan, Honda kompaniyasining ASIMO robotiga raqobat qila oladigan apparat — robot ustida ishlamoqdalar. REEM ikki afzallikka ega: undan foydalanish va tadqiqotchilarga qulay imkoniyatlar taqdim etish. Hozirgi vaqtda ASIMOda xususiy dasturiy ta’minotdan foydalanilmoqda, biroq u hali sotuvga tayyor emas.

Bundan tashqari, servis robotlari uylarimizga ham kirib kelmoqda. Future Robot Koreya firmasi 2015-yilda CES ko‘rgazmasida ilk bor FURo-i robotini taqdim etgandi. Bu uy yordamchi-robotidir. U egasi boshqa joyda bo‘lganida ham uy-joyga qarab turishga mo‘ljallangan, xonadon sohibi bu vaqtda bemalol boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib, do‘stlari hamda oila a’zolari bilan muloqot qilishi mumkin. 2015-yilda CES ko‘rgazmasida NYCdan ham shunday Robot Base roboti taqdim etilgandi.

Tasavvur qiling, xususiy robot Siri faqat g‘ildiraklarda sevimli musiqangizni taratib, belgilangan rejalaringiz haqida eslatishi mumkin. Robot uyingizni avtomatlashtirishi uchun ilg‘or aloqa tizimlari va chiroqni yoqib, o‘chirish va uyda bo‘lmaganingizda boshqa turli yumushlarni amalga oshirish kabi avtonom algoritmlar bilan jihozlangan. Robotics.uaga muvofiq, OAVning so‘nggi vaqtdagi e’tibori kampaniyaning muvaffaqiyati sababli Blue Frog Roboticsdan Buddyga qaratildi, Indiegogo.Buddy, so‘zsiz eng yoqimtoy robot bo‘lib chiqdi. U shaxsiy qurilmalar va uy yordamchisi funksionalligi bilan bir qatorda, tabiiy tilni yaxshilovchi va obyektlarni taniy oluvchi bulutli IBM Watson servislariga muvofiqlashtirilishi mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq