Olib yuriladigan Alex qurilmasi bo‘yin va belda og‘riq yuzaga kelmasligi uchun qomadni nazorat qiladi
25.02.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

olib_25_02_2016

Kam harakatli turmush tarzi ko‘pincha qomatning noto‘g‘ri tutilishi oqibatida, bo‘yin va belda og‘riq yuzaga kelishi, qon aylanishi va gormonal balansning buzilishi kabi noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Xavfli omillaridan biri bo‘yinni oldinga cho‘zish odati bo‘lib, kompyuterda ko‘p ishlaydiganlarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday holat yuzaga kelishining oldini olish uchun mazkur ko‘chma Alex elektron qurilmasi yaratildi, u bo‘yinning to‘g‘ri tutilishi vaziyatini nazorat qiladi. Alex foydalanuvchilarni me’yordagidek harakat qilmasalar, vibratsiyasi bilan ogohlantiradi.

Qurilma smartfon bilan birga ishlaydi. Smartfonda o‘rnatilgan ilova Alexni sozlash va unda kuzatish natijalariga oid ma’lumotlarni jamlab borishga yordam beradi. Ishlab chiqaruvchilar so‘zlariga qaraganda, Alex qurilmasining konstruksiyasi foydalanuvchining anatomik xususiyatlarini osongina o‘rganadi. Qurilma ko‘zoynak, kiyim yoqasiga muvofiqlashadi. Kiritilgan akkumulyatori Alexning bir hafta mobaynida qo‘shimcha quvvat olmay, ishlashini ta’minlaydi.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq