NextDeskCrossover motorlashtirilgan kompyuterlar uchun ish stoli SHKda tik turib, ishlash imkonini beradi
25.02.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Kompyuter mebeli ishlab chiqaruvchi NextDesk kompaniyasi katalogida Crossover nomli yangi mahsulot paydo bo‘ldi. Bu SHK(shaxsiy kompyuter) va boshqa qurilmalar uchun o‘tirib emas, balki tik turib, ishlashga imkon beradigan ish stolidan iborat.
Ishlab chiqaruvchining fikriga ko‘ra, mazkur yangilik qulaylik nuqtai nazaridan olganda, mehnat samaradorligini oshirishda ancha foydаlidir. U foydalanuvchini harakatlanishga majbur etadi, ma’lumki, harakat — hayot demakdir.
Ish stoli motorlashtirilgan bo‘lib, uning balandligi kiritilgan elektr simlari yordamida o‘zgartiriladi. Balandlik bo‘yicha boshqaruv diapazoni taxminan 50 sm.ga teng. Stol 45 kg.gacha og‘irlik yuklamasini ko‘tarishga mo‘jallangan.
Manba: www.nextdesks.com
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq