Korporativ xaridlar segmentida yetkazib beruvchilar faollashmoqda
25.02.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning o‘tgan 1,5 oyi mobaynida korporativ xaridlarning elektron tizimi orqali jami 41,6 mlrd. so‘mlik tovar (ish, xizmat)lar realizatsiya qilingan bo‘lib, bu 2015-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga ko‘pdir. Boshlang‘ich narxlarning pasayishi hisobidan mablag‘lari iqtisod qilinishi 25 foizga yoki 9,9 mlrd. so‘mgacha oshdi.

“E-xarid” tizimida yetkazib beruvchilarning faollashuvi hisobida ijobiy dinamika ko‘zga tashlanib, bu shuningdek, elektron korporativ buyurtmalarni ta’minlashni 5 foizga oshishiga olib keldi. Bundan tashqari, elektron savdolarning korporativ xaridlar yo‘nalishida kichik biznes vakillarining ishtiroki 8 foizga ko‘paydi.

Tahlil etilayotgan davrda kompyuter orgtexnika, maishiy texnika va avtotransport ehtiyot qismlari singari mahsulotlar bo‘yicha eng yirik bitimlar imzolanib, ularning umumiy ulushi 29 foizni tashkil etdi. Jumladan, kompyuter orgtexnika mahsulotlarini o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 3 foizga oshgan.

Hududlar kesimida sotilgan mahsulotlarning yarmidan ko‘prog‘i Toshkent shahri va Toshkent viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi. Elektron auksion savdolar natijalari bo‘yicha ular tomonidan 22 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga qiyoslaganda, 7 foiz ko‘pdir. Keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari band etib, ularning ulushlari mos ravishda 13 va 8 foizni tashkil etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq