Keksalar o‘z uylarida robotlarni qabul qilishga tayyor emaslar
25.02.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

keks_25_02_2016

Keksalar robotlardan yordamchi mashinalar sifatida foydalanishga o‘rganishlari mumkin, biroq robotlarga ularni qat’iy nazorat qilish orqali juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar. Keksalar xulq-atvorlarini o‘rganishga asoslangan, Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari shuni aniqladilarki, robotlarning mental modellari keksalarda noqulaylik, g‘ayritabiiy qo‘rquv holati, qay ma’nodadir, ham salbiy va ham ijobiy munosabatni shakllantirar ekan.

«Agar robotlar juda ham insonga xos interfeyslarga ega bo‘lsa, keksa otaxon va onaxonlar ulardan cho‘chishlari va boshqa salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirishlari mumkin, — dedi, kommunikatsiyalar sohasida xizmat ko‘rsatgan professor va Media Effects Research Laboratory laboratoriyasi direktorlaridan biri S. Shyam Sundar. — Biroq mazkur fikrga tayanib, aytish mumkinki, aslida, allaqachon keksalar robot yordamini qabul qilgan ayrim sohalar ham mavjud».

Tadqiqot ishtirokchilari robotlarni foydali qurilma sifatida o‘z hayotlarining uchta sohasida: jismoniy, axborot beruvchi va interaktiv jihatidan qabul qiladilar. Keksalar robotlardan yordamchi va qo‘riqchi sifatida foydalanishda hatto qulaylik sezganlar. Tadqiqotchilarning fikricha, keksalar ularga axborot beruvchi va ko‘ngilochar xizmatlarni taqdim etuvchi robotlarni juda yaxshi qabul qiladilar.

Biroq ular ko‘proq robotlardan avtonom foydalanishdan cho‘chiydilar. Avtonom robot inson tomonidan buyruqni kutmay, o‘zining xususiy qarorlarini qabul qilishi va/yoki vazifalarni bajarishi mumkin.

«Keksalar robotlarning ularga hamkor bo‘lib, xizmat qilishiga qarshilar. Keksalar odatda, robotlar ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chiydilar. Ko‘pchilik robotlar haqida ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar va tasvirlarga asosan ularni qabul qilishga ruhan tayyor emasliklarini bildiradilar. Bu odamlarda hali mazkur robotlar xizmatidan foydalanmay turib, ular haqida taassurot shakllanib ulgurgan. Kompyuterlar va robotlar odamlarga tibbiy davolash va parvarish qilishda foydalana boshlanishi bilan keksalar robotlarga qanday munosabatda ekanliklarini aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari boshlab yuborilgan. Hatto nazorat talab etsada, keksa insonlar uchun robotlar juda foydali bo‘lishi mumkinligini yaxshi tushunamiz», — deydi Sundar bilan ishlagan Pensilvaniya ommaviy kommunikatsiyalar universiteti aspiranti bo‘lgan, hozirgi vaqtda Shimoliy Dakota shtati kommunikatsiyalar universiteti dotsenti, Jastin Uolden.

«Inson keksayar ekan, jismoniy va interaktiv ehtiyoji o‘zgarib boradi. Shunday munosabat bilan robotlar keksalarga ularning ayrim ehtiyojlarini qondirishda yordam beradi». Sun’iy intellekt kabi robototexnika ham yanada foydalanishda maqbul bo‘lib bormoqda, Sundar tadqiqotlari robotlar va kompyuterlar jamiyat tomonidan ko‘proq foydalanilishida qulayligini o‘rganishga imkon berdi.

«Shuningdek, keksalarga robotlar bilan bo‘lish qay jihatdan qulay ekanligi, robotlarning roliga ular qanday baho berishlarini ijtimoiy-ilmiy nuqtai nazardan, bilmoqchi edik, — deydi tadqiqotchi. — Bizni qiziqtirgan robotlarga oid falsafiy savollardan biri shuki, mashinalar insoniyat madaniyatida qanday o‘rin tutishi mumkin?».

Pensilvaniya nuroniylar markazidan 65 va 95 yoshdagi 45 nafar keksa foydalanuvchilardan olingan so‘rovnoma asosida robotics.ua shunday ma’lumotlarni bergan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq