Foxconn Xitoydagi fabrikalaridan birini texnologik turizm obyektiga aylantirmoqchi
25.02.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sayyohlar qiziqishi xilma-xildir: kimdir tabiat manzaralaridan bahra olishga intilsa, kimdir — me’moriy obidalar va yodgorliklarni, yana kimdir — muzey yoki boshqa xalqlar pazandachilik sirlarini o‘rganishni xohlaydi.

foxconn_25_02_2016

Bu borada FoxconnGroup tarkibiga kiruvchi Foxconn Interconnect Technology (FIT) kompaniyasi amalga oshi-rishni rejalashtirayotgan texnologik turizm ixlosmandlariga mo‘ljallangan loyiha juda qiziqarlidir. Mazkur elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘zining Xitoydagi fabrikalaridan birini sayyohlar uchun bag‘ishlashni maqsad qilgan.

Birinchi ko‘rgazma qismida tashrif buyurganlar Foxconn ishlab chiqargan mahsulotlar: televizordan tortib, interaktiv doskalar, smartfon va planshetlarni tomosha qilishlari mumkin. Bundan tashqari, kinoteatr, bolalar xonasi va o‘yin maydoni sayyohlar xizmatida. Ikkinchi qismida esa tashrifchilar televizorlar yoki interaktiv doskalar qanday tayyorlanishini kuzatish uchun o‘zlari buyurtma berishlari mumkin.

Manba: www.digitimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq