2017-yilda Yaponiyada odamlarsiz amal qiladigan ferma ochiladi
25.02.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

yap_25_02_2016

Robotlar hali butun olamni egallab olgani yo‘q va buning uddasidan hech qachon chiqmasalar kerak. Biroq ayrim sohalarda ular odamlar o‘rnini dangal egallashga ulgurmoqda. Masalan, Yaponiyaning yirik banki bo‘lgan Mitsubishi UFJ FinancialGroup o‘z xizmatchi-xodimlari o‘rnini robotlar bilan almashtirishni rejalashtirgan. SoftBank do‘konlarida robotlar maslahatchi rolini bajarmoqda. Robotlar ofis ishlaridan tashqari, qishloq xo‘jaligida ham xizmat qilmoqda. Spread Kioto Yaponiya kompaniyasi bosh ofisi o‘z oldiga — ikki yil mobaynida jahonda birinchi avtonom amal qiluvchi fermani tashkil etish maqsadini qo‘ygan.

Mazkur ekin maydonlarida odamlarga umuman ish joyi bo‘lmaydi. Robotlar tuproqni sug‘orishdan boshlab, hosilni yig‘ib olishgacha barcha mexanizmlarni bajara oladi. Aslida, odamlar uchun ish mavjud bo‘lsada — ular faqat ekish jarayonida ishtirok etadilar. Biroq kelajakda bu jarayonni ham avtomatlashtirish mumkin.

yap_25_02_2016_1

Spread bahosiga ko‘ra, robotlarning joriy etilishi odamlar va energiya resurslariga sarf-xarajatni ancha qisqartiradi. Fermani 2017-yilda ochish rejalashtirilgan.

Manba: www.gizmodo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq