“Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi” jamoat fondining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risida
24.02.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: Nilufar Azizova.

muz_24_02_2016

2008-yilda tashkil etilgan «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondi o‘z faoliyatini tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar Smeta doirasida va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga binoan amalga oshiradi. Fondning asosiy maqsad va vazifalari quyidagicha:

  • O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasining yaratilish tarixini, rivojlanishi va taraqqiyotini aks ettiruvchi muzeylarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohadagi bilim va tajribalarni keng ommaga yetkazish hamda soha fidoyilarini munosib taqdirlashga ko‘maklashish;
  • mamlakatimizda pochta, telefon-telegraf, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye xizmatlarining tashkil etilishi, rivojlanishi, ularni boshqarish, aholiga xizmat ko‘rsatishda fidokorona mehnat qilgan fidoyilar xotirasini tiklash, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan mutaxassis va fan namoyandalari — olimlar bilimi, tajribalarini keng ommaga yetkazish, shuningdek, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, soha rivojlanishining tarixiy bosqichlari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam olib borish;
  • kelajakda soha muzeyini tashkil etish, alohida korxonalar tarixini yaratish;
  • xalqaro turizm yo‘nalishi bo‘yicha chet ellik sayyohlarning soha muzeylariga tashrifini yo‘lga qo‘yish;
  • muzeylarni soha tarixiga oid muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lumotlar, ko‘rgazmalar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish;
  • muzeylarda saqlanib kelayotgan sohaga oid noyob va nodir eksponatlarni avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish va targ‘ib qilish;
  • Fond tashabbusi va bevosita rahbarligida muzeylarda, ilmiy asosda turli yo‘nalishlarda ish olib borishni yo‘lga qo‘yish;
  • tizimdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar o‘tkazish borasida hamkorlik qilish va ustuvor yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
  • tegishli litsenziyaga ega bo‘lgandan so‘ng soha taraqqiyoti va rivojlanishi uchun butun umrini bag‘ishlagan rahbar xodimlar, mehnat faxriylari, fan namoyandalari va boshqa fidoyi shaxslar hayoti va ijodini yorituvchi hujjatlar asosida ilmiy asarlar, ilmiy monografiyalar tayyorlash;
  • sohaning bugungi va ertangi kuni haqida ta’riflar beruvchi materiallar, ko‘rgazmalar va eksponatlar bilan boyitib borilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining nufuzli muzeylari, chet davlatlarining sohaga doir muzeylari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • Toshkent shahrida «Aloqa tarixi muzeyi»ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda uning filiallarini tashkil qilish va muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lumotlar, ko‘rgazmalar va eksponatlar bilan to‘ldirib borish;
  • Ta’sischilar va boshqa homiylarning ko‘magida saqlanayotgan soha tarixiga oid muzeybop materiallar, hujjatlar, axborotlar, ma’lumotlar, ko‘rgazmalar va eksponatlarni targ‘ib qilish maqsadida turli tadbirlar tashkil etish;
  • muzeyshunoslik bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar, fan namoyandalari bilan turli mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish, muzeyshunoslik faoliyatlari bo‘yicha o‘zaro tajribalar almashish va ommalashtirish;
  • aholidan sohaga oid noyob va nodir ko‘rgazmalar, muzeybop materiallar, eksponatlarni baholash va o‘zaro kelishuv asosida muzeylar fondini boyitish kabilardan iborat.

Fond rahbar xodimlari tomonidan Ustavda belgilangan maqsad va vazifalarning har bir bo‘limi bo‘yicha atroflicha ish olib bormoqda. Bular qatorida, «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondi tashkil etilgan kundan boshlab, aloqa sohasi tarixi va merosini yoritish, aloqa muzeylarini tashkil etish, ularning faoliyatini ta’minlash, sohaning o‘tmishda hamda mustaqillik yillaridagi rivojlanish bosqichlarini keng ommaga namoyish etish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Olib borilgan ishlardan xulosa qilib aytish mumkinki, soha rivojlanishining salmoqli hissasi mustaqillik davriga to‘g‘ri kelmoqda. Bunga asosiy sabab, davlatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar kabi bizning sohaga ham katta e’tibor berilib, har tomonlama keng yo‘l ochib berildi va albatta bu — sohaning yuqori suratlarda rivojlanishiga imkon yaratib berdi. Fond ustavida belgilangan asosiy maqsadlardan biri bu — soha muzeylarini tashkil etishdan iborat bo‘lgan.

Shunga asosan, 2009-yil Toshkent markazida qad ko‘targan hashamatli binoda «Aloqa tarixi muzeyi» tashkil etildi. Soha rahbariyati, shuningdek, kor-xona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan muzeyni jihozlashda ham aynan, har bir korxona va tashkilot butun Respublika bo‘ylab soha faoliyatiga doir noyob eksponatlarni jamlab, muzeyga beg‘araz taqdim etdilar va muzeyshunoslikning so‘nggi talablariga javob bera oladigan zamonaviy ekspozitsiyalarni yaratishda ulkan hissalarini qo‘shganlar. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, keng qamrovli sohamizning umumiy mehnati mahsuli bo‘lgan «Aloqa tarixi muzeyi» bugungi kunda soha faxriga aylangan. Muzeyga tashrif buyurgan barcha mehmonlar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyodan kelgan mehmonlar aynan bir sohaning ham zamonaviy, ham qadimiy ekponatlar uyg‘unligida yaratilgan qiziqarli va jonli ekspozitsiyalaridan hayratda ekanliklarini bil-dirib, mehmonlarning taassurotlar kitobiga o‘zlarining fikrlarini yozib qoldiradilar. Bu soha fidoyilariga berilgan eng yuksak baho ekanligi quvonarli hol.

«Aloqa tarixi muzeyi» qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan munosib o‘rin egallab, shu kungacha muzeyga tashrif buyuruvchilar soni 78 500 dan ziyod kishini tashkil etmoqda. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar soni esa 6300 donani tashkil etmoqda. Jamoat fondi hamda muzey xodimlari tomonidan har yili kamida uchta yangi ekspozitsiya tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etilmoqda.

So‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan muzeyning katta va kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda soha korxona va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan soha faoliyatiga doir o‘quv seminarlar va boshqa turli yig‘ilishlarning o‘tkazilishi Jamoat fondi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan olib borilgan tayyorgarlik ishlari natijasida ta’minlandi. O‘tgan 2015-yil davomida 50ga yaqin anjuman, taqdimot va yig‘ilishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarning aksariyati Respublikada kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha sohaga oid asosiy voqealarga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda tashkil etilgan kinozal tashrif buyuruvchilarda 20dan ortiq Respublika hamda jahon muzeylariga virtual sayohatni amalga oshirish imkonini beradi.

Fondning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, soha rahbarlari tashabbusi bilan qayta ta’mirlanib, rekonstrutsiya qilingan Xiva shahridagi Aloqa tarixi muzeyining tantanali ochilish marosimi soha rahbarlari hamda Fond rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Jamoat fondi Vasiylik kengashining qarori bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan vakolatxona va filiallar tashkil qilish huquqiga ega. Ushbu huquqdan foydalangan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tavsiyasi va ko‘rsatgan amaliy yordami natijasida «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondining uchta filiali 2015-yil Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida tashkil etildi. Hozirgi kunda filiallar o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda va bajarilgan ishlar haqida ma’lumotlarni muntazam ravishda Fondga taqdim etib kelmoqdalar.

Jamoat fondi o‘z xarajatlarini Vasiylik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida amalga oshiradi va har chorak yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashi a’zolariga bajarilgan ishlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda sarflangan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot berib boradi. 2015-yil uchun smeta xarajatlarida korxona va tashkilotlar tomonidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatish jami 530 000,0 ming so‘m rejalashtirilgandi, rejalashtirilgan summadan 2016-yil 1-yanvar holatiga faqat 390 000,0 ming so‘m jamoat fondining hisob raqamiga kelib tushdi. «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamoat fondi» va «Aloqa tarixi muzeyi»ning 2015-yil davriy xarajatlari tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida ishlatilgan.

muz_24_02_2016_1

2015-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha 527 997,3 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda sarf qilingan xarajatlar esa 513 010,0 ming so‘mni tashkil qildi, bundan;

  • mehnatga haq to‘lash fondi — 307 077,0 ming so‘m;
  • ish haqidan hisoblangan to‘lovlar — 79 356,0 ming so‘m;
  • boshqa xarajatlar — 107 677,0 ming so‘m.

Soha muzeylarini rivojlantirish, takomillashtirish va ularning moddiy texnika ta’minotini yaxshilash uchun 18 900,0 ming so‘m;

Barcha xarajatlar tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilgan. O‘tkazilgan tender asosida Jamoat fondi Vasiylik kengashi tomonidan ma’qullangan «KORIFEY-AUDIT» MCHJ tashkiloti tomonidan Jamoat fondi faoliyatini tekshirish mobaynida korxonaning barcha mo-liyaviy faoliyati tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida ekanligi qayd etildi. Jamoat fondi faoliyatining samaradorligini ushlab turish va uni yanada rivojlantirish maqsadida 2016-yil uchun Reja-dastur tuzildi. Jamoat fondi hamda «Aloqa tarixi muzeyi» faoliyati bilan Internet orqali www.aloqamuzeyi.uz saytida muzey bo‘ylab yaratilgan «Virtual tur» bilan tanishish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, «Aloqa tarixi muzeyi» to‘g‘risidagi ma’lumotlar, muzeyda o‘tkazilgan tadbirlar, o‘quv seminarlar, turli yo‘nalishlardagi yig‘ilishlar to‘g‘risidagi yangiliklar ham saytga muntazam joylashtirilib borilmoqda.

Muallif: Nilufar Azizova, “Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi” jamoat fondi bosh mutaxassisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq