Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish
19.02.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

biz_19_02_2016

2016-yil 18-fevral kuni “Elektron hukumat” (http://egovernment.uz) tizimini takomillashtirish markazida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) texnik ko‘magi asosida tatbiq etilayotgan “Samarali davlat boshqaruvi uchun e-hukumat” loyihasi doirasida tashkillashtirilgan Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning asosiy maqsadi biznes jarayonlarni takomillashtirish va biznes faoliyatini ro‘yxatga olish, mulkni ro‘yxatga olish hamda davlat xaridlari kabi sohalarda interfaol onlayn xizmatlarini yaratishdan iborat.

biz_19_02_2016_1

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, unga 17ta asosiy manfaatdor tomonlarning vakillari, ya’ni yuqorida keltirilgan xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etadigan tashkilotlar va Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) Texnik ko‘magi loyihasi asosiy hamkorlari kiradi.

biz_19_02_2016_2

Tadbirda ta’kidlaganidek, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun jarayonga jalb etilgan tashkilotlarning faoliyatini koordinatsiya qilish bilan birga, ular o‘rtasida samarali kommunikatsiya o‘rnatish, ish rejalarini va maqsadlarini bir-biriga mos keltirilishi katta ahamiyatga egadir. Biznes sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bir xil mulozamat tatbiq etilishi tashkilotlar faoliyatidagi takrorlanish vaziatlarini bartaraf etish uchun imkoniyat beradi. Bu esa, o‘z navbatida, biznes muhitini yaxshilash, kichik biznesni rivojlantirish hamda biznes vakillari hamda aholi uchun ochiq ma’lumotga ega bo‘lishlariga o‘z hissasini qo‘shadi.

biz_19_02_2016_3

Tadbirning asosiy qismi yuqorida ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining uchta sohasidagi huquq va tashkiliy masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. OTB loyihasi doirasida 2017-yilning dekabr oyigacha jalb qilingan xalqaro va mahalliy ekspertlarning bir guruhi uchrashuvda qatnashgan har bir idora bilan birgalikda ish olib borib, o‘z say-harakatlarini tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yaxshilash hamda ularni ma’lumot tizimlarini tatbiq etish orqali avtomatlashtirishga yo‘naltiradi.

biz_19_02_2016_4

Ishchi guruhining yig‘ilishlari har oyda “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish markazida rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq