«Eko-monitoring» dasturi ishlab chiqildi
18.02.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

eko_18_02_2016

O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti dasturchilari «Eko-monitoring» dasturini ishlab chiqdilar. Mazkur dastur O‘zbekistonning sanoat regionlarida ishlab chiqarish ob’ektlaridan atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zaharli zarrachalarni tarqalish jarayonining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun mo‘ljallangan.

Dastur yangi qurilayotgan sanoat ob’ektlarini joylashtirishning ekologik maqbul variantlarini tanlash, grafik boshqaruv interfeysiga ega, asosiy parametrlar hamda ob-havo va iqlimiy omillarni kiritish uchun oyna, EHMda sonli hisob-kitob o‘tkazish uchun oyna, o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlarini grafik ob’ektlar ko‘rinishida vizuallashtirish uchun oyna kabi funksional imkoniyatlarga ega. Dasturiy majmuadan atmosferaning ekologik holati va atrof-muhit muhofazasini monitoring qilish hamda bashoratlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning tadqiqotchi va mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Mualliflar — Ravshanov Normaxmad, Sharipov Daler va Axmedov Dilshotga ushbu dastur uchun № DGU 03424 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq