«UZ» domenidagi saytlar soni 26 mingga yetdi
16.02.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

uz_16_02_2016

Joriy yilning 11 fevral kuni milliy «UZ» domenida ro‘yxatdan o‘tgan veb-saytlar soni 26 mingtaga yetgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda milliy domenning o‘sish sur’ati 130 foizdan yuqori.

www.uz milliy qidiruv tizimi katalogida ro‘yxatdan o‘tgan elektron axborot resurslari soni esa 10 ming atrofida bo‘lib, ularga tashrif buyuruvchi oylik internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan oshadi.

Birinchi darajali «UZ» milliy domeni ilk marotaba 1995 yilning 29 aprel kuni ro‘yxatga olingan. 2010 yil 25 fevral holatida milliy internet hududida 11 mingta veb-sayt faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2014 yilga qadar ular soni 20 mingdan oshgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi 3080-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, ICANN xalqaro tashkiloti bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, milliy domenni boshqarish huquqi UZINFOCOM markaziga berilgan. Ayni kunda ushbu markaz «UZ» domenining administratori hisoblanadi.

Bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, domenlarni ro‘yxatga olishda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida, markaz tomonidan domenlarni ro‘yxatga oluvchilar va ma’murlarning vazifalari taqsimlab berilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq