TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi
16.02.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tatu_16_02_2016

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2016-yil 16-fevral kuni O‘zbekistonda yoshlarga oid Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining bajarilishi yuzasidan TATUda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan «Yil sarhisobi” deb nomlangan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

tatu_16_02_2016_1

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz, barcha ezgu-niyatlarimiz markazida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularni baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi, deb ta’kidlaganlar. Bugun bu masala davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

tatu_16_02_2016_2

Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida uzoqni ko‘ra bilib, ilgari surilgan va amaliyotga samarali tatbiq etilgan yangi g‘oyalar, muhim takliflar va ilg‘or tashabbuslarni ahamiyati beqiyos. Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar amalda o‘z natijalarini namoyon qilmoqda. Yosh sportchilarimizni olimpiada o‘yinlarida jahon va osiyo bellashuvlarida yuksak shoxsupalarga ko‘tarilayotganligini, xalqaro fan olimpiadalari, musiqa va san’at bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro tanlovlarda mamlakatimiz yoshlari yuqori o‘rinlarni egallayotganligi bugun barchamizni quvontiradi. Bugun barkamol avlodni ma’naviy kamol toptirish, mustaqil fikrlaydigan, o‘zini qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularni huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi qator yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Albatta, bu kabi ishlarni samarali olib borishda ko‘p sonli jonkuyar va fidoiy yoshlarimizning o‘rni beqiyos.

tatu_16_02_2016_3

Albatta mamlakatimizda yoshlarga oid Davlat siyosatini izchil amalga oshirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan. Jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladigan MIT.UZ internet tanlovi, Bestsoft tanlovi, Yangi intellekt tanlovi, Startup mix tanlovi, «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va «Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” tanlovlari, «Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya» tanlovi, «Amaliy loyihalar” tanlovi, «SAMSUNG-KOICA” kompaniyalari hamkorligida dasturlash bo‘yicha tanlov, «Eng yaxshi mobil ilovalar” tanlovi, «Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan ilova va ishlanmalar tanlovi”, «Milliy qadriyatlar aks ettirilgan eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ishlanmalar tanlovi”, «Atrof-muhit va biz” innovatsion loyiha va ishlanmalar tanlovi, «Talabalarning biznes g‘oyalari va Startup loyihalari tanlovi” kabi o‘nlab yorqin tadbirlar, yuzlab yoshlarimiz qalbiga qanot bo‘lmoqda.

tatu_16_02_2016_4

tatu_16_02_2016_5

Bugungi kunda TATU va uning mintaqaviy filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi, jumladan, 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlardan iborat. 2015-yil davomida TATUning 5 nafar talabasi Beruniy nomli davlat stipendiyasini, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyalari bilan taqdirlaganligi, 44 nafar talaba turli respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganligi, universitet va respublika miqiyosida o‘tkazilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmalariga TATU talabalarining 80 dan ortiq ishlanmalarini taqdim etilganligi katta ahamiyatga egadir.

tatu_16_02_2016_6

tatu_16_02_2016_7

Tadbir davomida 2015-yilda ahamiyatli yutuqlarni qo‘lga kiritgan 25 nafar talaba hamda 10 nafar yosh o‘qituvchilarga Faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi. Taqdirlashda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Ibroxim Djo‘rayev, TATU rektori O‘tkir Xamdamov hamda prorektorlar: Xurshid Bobomurodov hamda Xayrulla Umarovlar ishtirok etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq