Hududlarda AKTning joriy etilishini jadallashtirish yuzasidan seminar tashkil etilmoqda
16.02.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

ict_16_02_2016

Joriy yilning 15-20 fevral kunlari Toshkent shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida, shuningdek 2015 yilning 9 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Seminarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan “elektron hukumat”ni joriy qilish, milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, hududlarda aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar sonini oshirishda hududiy bo‘linmalar oldida turgan vazifalarni belgilab olish ko‘zda tutilgan,

Seminari Vazirlik rahbariyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidagi korxona-muassasalari mutaxassislari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari ma’ruza hamda taqdimotlar bilan ishtirok etmoqdalar.

6 kun davom etadigan seminar mamlakatimiz hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning muhim jihatlari, oldimizda turgan vazifalar, bu bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish, yangi qonunni hayotga tatbiq etish, “elektron hukumat” tizimini takomillashtirish yuzasidan yangi loyihalar ishlab chiqish, hududiy boshqarmalarning joylardagi mahalliy tashkilot va muassasalar bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha zarur fikrlar, taklif va mulohazalar bildirilishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq