Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringdan o‘tkazildi
11.02.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

Joriy yilning yanvar oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 146 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi. O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 740 ta interaktiv davlat xizmatlarildan 29 tasi to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tegishli idoralar bilan ishlar amalga oshirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq