Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2015 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
11.02.2016
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2015 yilning 10 fevral kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Kengashining 2015 yil davomida, bo‘lim va bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ular faoliyatida mavjud kamchiliklar va ularni oldini olish chora-tadbirlariga bag’ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Inspeksiyaning boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari, guruh rahbari, bo‘lim, bo‘linma boshliqlari va markaziy apparat xodimlari qatnashdilar hamda Inspeksiya taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Ziyaev ishtirok etdi.

Tasdiqlangan kun tartibiga asosan yig‘ilishda o‘tkazilgan tekshirish va o‘rganish natijalari, profilaktika tadbirlari, huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qo‘llanilgan ma’muriy choralar, ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslardan tushayotgan murojaatlar sonini kamaytirish choralarni ko‘rish hamda normativ hujjatlar loyihalariga berilgan takliflarga alohida e’tibor qaratildi, shuningdek bo‘lim va bo‘linmalar faoliyatidagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, Inspeksiyaning yetakchi yuristkonsulti kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashilganda mansabdor shaxsning javobgarligi hamda bunday holatlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda aytib o‘tilgan barcha kamchilik va takliflar atroflicha muhokama qilindi va Kengash natijalari yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq